VOFURUSH

VOFURUSH (fors, vo — ochiq, furush — sotuvchi) — 1) Turkistonda 20-a. boshlarigacha bozor va guzarlarda poyabzal sotuvchi doʻkondor. Vofurushlar, odatda, mahsi, kovush, etik sotishgan, baʼzan oʻzlari ham poyabzal tayyorlashgan, kosiblardan arzon-garovga olib, qimmatroq narxda sotishgan. Xususiy hunarmandchilik davrida Turkiston bozorlarida Vofurushlik avj olgan edi; 2) baʼzi shaharlarda, xususan Toshkentda egar olib sotuvchi doʻkondor. Пост … Читать далее

VOLIN VILOYATI

VOLIN VILOYATI — Ukrainaning shim.-gʻarbidagi viloyat. 1939-y. 4 dek. da tuzilgan. Mayd. 20,2 ming km2. Aholisi 1071 ming kishi (1999), shaharliklar 49%. 11 shahar, 21 shaharcha bor. Markazi — Lusk sh. Volin viloyatining koʻp qismi Polesye pasttekisligida, ozroq (jan.) qismi Volin qirlarining shim.-gʻarbida joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, torf, boʻr, gil, qum, ohaktosh, mergel. Iqlimi moʻtadil … Читать далее

VELYUR

VELYUR (frans. velours — duxoba, lot. villosus — tukli, paxmoq) — 1) toza jun tolalaridan toʻqiladigan kalta tukli gazlama yoki kalta va mayin tukli mato (fetr); movutning bir turi. Velyur tuklari undan tikiladigan buyumlarga kurkam va bejirim koʻrinish beradi. Mayin junli qoʻy (merinos qoʻyi) ning aʼlo navli junini yigirib tayyorlangan tolalardan toʻqiladigan V.-drap juda qadrlanadi. … Читать далее

VENGRIYA

VENGRIYA (Magyarorszag), Vengriya Respublikasi (Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy qismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat. Mayd. 93 ming km2. Aholisi 10,44 mln. kishi (2000). Poytaxti — Budapesht sh. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (medye) ga boʻlinadi. Budapesht alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Davlat tuzumi. Vengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-y. 20 avg. da qabul … Читать далее