VELYUR

VELYUR (frans. velours — duxoba, lot. villosus — tukli, paxmoq) — 1) toza jun tolalaridan toʻqiladigan kalta tukli gazlama yoki kalta va mayin tukli mato (fetr); movutning bir turi. Velyur tuklari undan tikiladigan buyumlarga kurkam va bejirim koʻrinish beradi. Mayin junli qoʻy (merinos qoʻyi) ning aʼlo navli junini yigirib tayyorlangan tolalardan toʻqiladigan V.-drap juda qadrlanadi. Velyurdan ustki kiyim-boshlar, bosh kiyimlar va b. tikiladi. Koʻpchilik Velyurni baxmal (duxoba) bilan adashtiradi. Velyur baxmaldan toʻqilishi bilan tubdan farq qiladi;

2) bugʻu, choʻchqa, qoʻy va b. mollar terisidan oshlab va xromlab tayyorlanadigan kalta tukli yumshoq baxmalsimon charm — zamsh. Velyur tayyorlashda sirkoniy yoki titan tuzlari ishlatiladi, albuminlar, kraxmallar, oʻsimlik yelimlari ham qoʻshiladi. Nam taʼsiriga chidamli boʻlishi uchun Velyurga alyuminiy yoki xromli sovunlar, silikon bilan ishlov beriladi. V . dan asosan ustki kiyim-bosh va poyabzal tikiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x