“Ayol Oy kabidir. Uni sevadigan erkakdan keladigan nurni yuzida aks ettiradi”

Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan soʻzlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

  • Ayol Oy kabidir. Uni sevadigan erkakdan keladigan nurni yuzida aks ettiradi.
  • Ayolning haq-huquqi borligiga ishonmaydigan, uni mensimaydigan kishi oʻzining onasi, singlisi va qizi ham ayol jinsiga mansub ekanini koʻpincha unutib qoʻyadigan odamdir.

 

Oʻta ketgan pastkashlik

Er ayoliga qamoq panjarasi ortidan: “Bolaligimizda onam bizga sigirimiz sutidan pishloq tayyorlab berardilar. Oʻsha pishloqni judayam sogʻindim!” dedi.

Ayol sigir sotib oldi. Ertalab va kechqurun uni yaylovga qoʻyib yuborardi. Keyin sigirni sogʻib, oʻsha sutdan pishloq tayyorlar edi. Yigirma yil davomida eriga shu tarzda pishloq tayyorlab, joʻnatib turdi.

Er qamoqdan ozod boʻlib qaytgach, ayolidan kelayotgan badboʻy tezak hididan jirkandi va u bilan ajrashib, boshqa ayolga uylandi.

 

  • Maktabda oʻrgangan darslarimizdan biri shuki, ichi boʻsh boshoq dalada boshini koʻtarib turadi, donga toʻla boshoq esa boshini engashtirib turadi. Demak, faqat oliyjanob inson kamtar boʻladi, pastkash kimsa kekkaygan boʻladi.

Ali Tantoviy rahimahulloh

 

  • Oʻzlarini doim “Biz toʻgʻri ish qilyapmiz” deb oʻylayveradigan kishilar bilan yashash qiyin.

Ali Shariatiy

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/ayol-oy-kabidir-uni-sevadigan-erkakdan-keladigan-nurni-yuzida-aks-ettiradi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x