PICHAN UNI

PICHAN UNI, oʻt uni — sunʼiy sharoitlarda yuqori haroratda quritilgan va maydalangan oʻtlardan tayyorlanadigan yem-xashak mahsuloti. Xona yoki ochiq joylarda shamolda quritilgan pichan poxolqirqqichlarda maydalana-di, keyin don tegirmonlari yoki yanchish mashinalarida tortiladi. Pichan uni sifati oʻtlar turi, oʻrib-yigʻish muddati va quritish usullariga bogʻliq. Eng yaxshi Pichan uni shonalash davrida yoki gullay boshlaganda oʻrilgan dukkakli oʻtlardan oli-nadi, oqsil, mineral moddalar, vita-minlarga boyligi jihatidan donli ozuqalardan qolishmaydi. Sebargadan tayyorlangan 100 kg Pichan unida 70,2 ozuqa birligi va 8,3 kg hazm boʻladigan protein; xashaki loviyasuli aralashmasida 65,7 ozuqa birligi va 9,7 kg hazm boʻladigan protein bor. P. u. karotinga boy; karotin yaxshi saqlanishi uchun Pichan uniga antioksidantlar (santoxin va b. )qoʻshiladi. Choʻchqalar uchun aralash yem tarkibiga 10—15%, parrandalar uchun 3—5% P. u. qoʻshiladi. Vitaminlarni yoʻqotmasligi uchun Pichan unini bugʻlash yoki qaynoq suv bilan ishlov berish mumkin emas.

Roʻzimat Hamroqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x