ZAMONAVIY BESHKURASH

ZAMONAVIY BESHKURASHsport koʻpkurashi. Ot ustida toʻsiqlardan oʻtish, qilichbozlik (birinchi sanchguncha olishuv), pistoletdan oʻq uzish (4 karra 20 tadan otish), suvda suzish (300 m ga erkin uslubda) va yengil atletika krossi (4 km masofaga)ni oʻz ichiga oladi. Yuqoridagicha tartibdagi musobaqalar 5 kun mobaynida — bir kunda bittadan tur boʻyicha oʻtkaziladi. Sportamaliy mashqlari boʻyicha kompleks musobaqalar qad. zamonlardan maʼlum (maye. Yunoniston olimpiya oʻyinlaridagi pentatlon — «pent» — besh, «atlon» — kurash). 3. b. 19a. 2yarmida Shvetsiyada paydo boʻlgan. 1948-y. dan shu nomda. Xalqaro 3. b. va biatlon uyushmasi (UIPMB, 1948-y. tuzilgan)ga 70 dan ziyod mamlakat aʼzo. Oʻzbekiston 1991-y. da qabul qilingan. 1912-y. dan olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1949-y. dan jahon birinchiligi oʻtkazib turiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x