ISAYEVA Sayram Nigʻmatovna

ISAYEVA Sayram Nigʻmatovna (1942.24.11, Dushanba) — aktrisa, rej. Tojikiston xalq artisti (1986). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1964). 1964-y. dan Kamol Xoʻjandiy nomidagi Leninobod (hoz. Sugʻd) viloyat musiqali drama teatrida ishlaydi. Teatrda Robiya («Tugal aytilmagan qoʻshiq»), Aza («Loʻli qiz Aza»), Emiliya («Otello»), Rozina («Figaroning uylanishi») kabi obrazlar yaratgan. Rej. sifatida «Kelinlar qoʻzgʻoloni», «Farmonbibi arazladi» (S. Axmad), «Otasining qizi» (Isfandi-yor), «Afandining besh xotini» (I. So-diqov), «Imtihon» (F. Ansoriy), «Ayol jaxllanganda» (S. Safarov) kabi spek-takllarni sahnalashtirgan. Isayeva koʻpgina oʻzbek filmlarida suratga tushgan: Malika («Laylak keldi, yoz boʻldi»), Sayram («Uyimga kel»), Turdixon («Oʻzganing baxti»), Sayram («Gʻalate-palik avliyo»), Maysara («Maysaraning ishi»), Nodirabegim («Odamlar orasida tanho»), Oʻzbekoyim («Oʻtgan kunlar», yangi varianta) va b. shular jum-lasidan. Shuningdek, «Hayot tunda oʻtdi» (Saida), «Uchinchi qiz» (Gulnora), «Rustam va Suhrob» (Gurdofarid), «Jinoyatchi va advokatlar» (Sayram) kabi tojik filmlarida ham rollar oʻynagan.

Anvar Yoqubxoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x