KOʻCHMA Leonid Danilovich

KOʻCHMA Leonid Danilovich (1938.9.8, Chernigov viloyatining Chaykiva qishlogʻi) — Ukraina davlat arbobi. Dnepropetrovsk davlat un-tini tugatgan (1960). Texnika fanlari nomzodi, prof. 1960—75 y. larda Dnepropetrovsk sh. dagi «Yujnoye» konst-ruktorlik byurosida muhandis, yetakchi muhandis, yetakchi konstruktor, bosh konstruktor yordamchisi, Boyqoʻngʻir kosmodromi texnik rahbari.1982—86 y. larda «Yujnoye» konst-ruktorlik byurosida bosh konstruktorning birinchi oʻrinbosari. 1986—92 y. larda Dnepropetrovsk sh. dagi raketasozlik konser-nining Bosh direktori. 1992-y. okt. dan Ukraina bosh vaziri, 1993-y. dek. dan Ukraina sanoatchi va tadbirkorlari uyushmasi prezidenti, 1994-y. iyuldan Ukraina prezidenti. Bir necha marta (1995, 1998, 2002, 2003) rasmiy va amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasining «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x