ZAMINDORI

ZAMINDORI — 18-a. oxiri 19-a. larda ingliz mustamlakachilari tomonidan Shim., Sharqiy va Markaziy Hindistonda joriy etilgan yer soliq tizimi. Yer egalarining yuqori tabakasi, zamindorlarnmng merosxoʻrlik huquqlarini mustahkamlagan. Mustamlaka hokimiyati yerning oliy egasi hisoblangan. Doimiy 3. (mustamlaka hokimiyati foydasiga undiriladigan yer soligʻi abadiy qilib belgilangan) va muvaqqat 3. (yer soligʻi har 20—40 y. da qayta kurib chiqilgan) farklangan. Hindiston va Sharqiy Pokiston (1971-y. dan mustaqil Bangladesh respublikasi)da 20a. 50y. larda oʻtkazilgan islohotlar natijasida yer rentasi berish huquqi davlat ixtiyoriga oʻtdi, bu bilan yirik yer egalarining ijtimoiyiqtisodiy mavqei pasaygan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x