ISMATOVA Yulduz Asadovna

ISMATOVA Yulduz Asadovna (1944.31.10, Toshkent) — – raqqosa, aktrisa, baletmeyster, rej. Oʻzbekistonda xizmat koʻr-satgan sanʼat arbobi (1995). A. Ismatovning qizi. Toshkent xoreografiya bilim yurti (1965)ni hamda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-ti aktyorlik (1976), rej. lik (1984) f-tini tugatgan. 1963—88 y. lar Muqimiy teatrida ishlagan. 1997-y. dan M. Turgʻunboyeva nomidagi «Oʻzbekraqs» milliy raqs birlashmasining bosh direktori. Eng yaxshi raqslari: «Tanavor», «Munojot», «Gulchi qiz» va b. Ijro etgan rollari: Qumri («Nurxon»), Malika («Oddiy moʻjiza»), Charlston («Hijron»), Zarifa («Xotinimning eri»), Ofat («Qaynona») va h. k. Rej. sifatida «Dilafroʻzga toʻrt oshiq», «Oltin davrim», «Yulduzlar jamoli» kabilarni sahnalashtirgan.

1988-y. «Oʻzteleradiokompaniya» qoshida «Tanavor» raqs-ansambli (1997-y. dan raqs-teatri)ni tashkil etdi. «Sevgi nidosi» (A. Navoiyning «Sabʼai sayyor» asari asosida), «Nodira», «Ulugbek burji», «Qoʻqon ayoli» (anʼanaviy musiqa va raqslar asosida), «Sevgi vasfi» («Tanavor» janridagi raqslar yigʻindisi), «Moziydan nur», «Temuriy malikalari», «Uvaysiy» kabi raqs-teatrlarini sahnalashtirdi (libretto muallifi ham oʻzi). «Sharq taronalari», Fransiya — Parij—Yunesko qarorgohida «Amir Te-mur» teatrlashgan konsert dasturi va b. ning bosh baletmeysteri. Lirik joʻshqinlik, doimiy izlanuvchanlik, moziyga ziyraklik bilan murojaat etish, mumtoz asarlarga katta qiziqish va mexr b-n yondashish Ismatova ijodiga xos. «Doʻstlik» ordeni bilan taqdirlangan (1998).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x