ZAMAXSHARIY

ZAMAXSHARIY (nisbasi; toʻliq ismsharifi Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Axmad) (1075.18.3, Xorazm, Zamaxshar qishlogʻi — 1144, hoz. Koʻhna Urganch) — tilshunos, adib, tafsir va hadis olimi. Oilasi islomning mutazila taʼlimotiga eʼtiqod qoʻygan boʻlib, 3. dunyoqarashi dindor, taqvodor otasining taʼsirida shakllangan, dastlabki bilimini ham oʻz otasidan olgan. 3. ilmfanning turli sohalari, ayniqsa, arab tili va adabiyotini, diniy ilmlarni, shuningdek, oʻsha davrda ilm axli orasida qadrlangan xattotlik sanʼatini ham mukammal egallaydi. Ustozi — til, lugʻat va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Isfaxoniy (1113-y. Marvda vafot etgan) dan ilm oʻrganadi. Talabalik yoshiga yetgach, bilimini yanada oshirish, har tomonlama kamol toptirish maqsadida Buxoroga yoʻl oladi. Bu yerda u shayx ulislom Abumansur Nasr Horisiy, Abusaʼd Shaqqoniy va Abulxattob ibn Abulbatr kabi olimlardan saboq oladi. Buxoroda oʻqishni tugatgach, bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida boʻlib, kotiblik bilan shugʻullanadi, hukmdorlarga yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yarasha biror mansab va munosib eʼtibor koʻrmagach, oʻzga yurtlarga safar qiladi. Marv, Nishopur, Isfahon, Damashq, Bagʻdod va Hijozda, 2-marta Makkada boʻladi. Bu yerda ilmiy ishlarini davom ettirib, arab tili grammatikasi va lugʻatini hamda mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari va urfodatlarini chuqur oʻrganadi, mintaqa geografiyasiga oid xilmaxil maʼlumotlarni toʻplaydi. 3. koʻp asarlarini Makkada yozadi. Shu boisdan u Jorulloh («Allohning qoʻshnisi») degan sharafli laqabga muyassar boʻlgan. 3. arab grammatikasi, lugʻatshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asarlar yaratgan. Ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan. Zamaxshariyning «AlMufassal» («Grammatika boʻyicha mufassal kitob», 1121) asari arab tili nahvu sarfini oʻrganishda yirik qoʻllanma sifatida azaldan Sharqda ham, Gʻarbda ham shuhrat topgan. Shom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimdakim Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga 5 ming kumush tanga va sarupo sovgʻa qilishni vaʼda bergan. Bir qancha kishilar asarni yod olib, mukofotga sazovor boʻlishgan. «AlMufassal»ning ixchamlashtirilib, muxtasar holatga keltirilgan nusxasi «AlUnmuzaj» («Namuna») nomi bilan ataladi. Grammatikaga oid asarlaridan «Sharh abyat kitob Sibavayh» («Sibavayh kitobining sharhi») — arab tilshunosi Sibavayh (796-y. vafot etgan) ning kitobiga yozilgan mukammal sharxdir. Zamaxshariyning Otsiz Xorazmshohga bagʻishlab yozilgan «Muqaddimat uladab» («Adab ilmiga muqaddima», 1137) asaridagi arabcha soʻzlar ostida forsiy va turkiy tarjimalarning berilishi oʻzbek tarixiy leksikologiyasi uchun qimmatlidir. Asar 5 katta qismga boʻlingan boʻlib — otlar, feʼllar, bogʻlovchilar, ot oʻzgarishlari va feʼl oʻzgarishlari haqida bahs yuritadi. Ushbu asarda 3. oʻsha davr arab tilining isteʼmolda boʻlgan barcha soʻzlari, iboralarini qamrashga intilgan, ularning etimologiyasiga katta eʼtibor bergan. Asar arabchadan fors, chigʻatoy, moʻgʻul va turk tillariga, birinchi marta 1706-y. Xoʻja Isʼhoq afandi tomonidan usmonli turk tiliga tarjima qilingan. 3. asarlarida uslubshunoslik va sheʼrshunoslik haqida ham fikr yuritilgan; badiiy tasvir vositalariga qisqa, aniq va nozik izohlar berilgan. Maye, kinoya b-n taʼriz sanʼatlari orasidagi farq koʻrsatib berilgan. 3500 ga yaqin arab maqollarini toʻplab, ularni izoxlagan («AlMustaqso filamsol» — «Kamolga yetgan makrllar»). «Kitob aljibol valamkina valmiyoh» («Togʻlar, joylar va suvlar haqida kitob») asarida geografik joylar, togʻlar va dengizlarga doyr qimmatli maʼlumotlar keltirilgan. Zamaxshariyning bu asari Gʻarb olimlari oʻrtasida xam mashhur boʻlgan, 1856-y. gollandiyalik arabshunos olim Salverda de Grave tomonidan mukammal tadqiq qilingan holda nashr etilgan. «Asos albalogʻat» («Notiqlik asoslari») asari lugʻatshunoslikka bagʻishlangan. Unda arab tilining fasohati, mukammalligi haqida soʻz boradi. Fikrni chiroyli ibora va soʻzlar bilan ifodalash, soʻz boyligidan ustalik bilan foydalanish uchun kishi fasohat, balogʻat ilmlaridan yaxshi xabardor boʻlishi kerak. Buning uchun soʻzni toʻgʻri, oʻz oʻrnida ishlatish, qoidaga muvofiq soʻzlash va yozish ham kerak boʻlgan. Bu asarda adabiyotning asosiy qismlari, frazeologik soʻz birikmalari, ularning amalda tadbiq etish yoʻllari chuqur tahlil etilgan. «Alfoiqfi gʻarib alhadis» («Gʻarib hadislar haqida qimmatli kitob») asari hadisda uchraydigan, maʼnosini anglash qiyin boʻlgan iboralar, soʻzlar haqida. «Atvoq uzzahab filmavoʼiz valxutab» («Xutbalar va vaʼzlar bayonida oltin shodalar») — nasihatomuz maqolalar toʻplamidan iborat. «Rabiyʼ ulabror va nusus ulaxyar» («Ezgular bahori va yaxshilar bayoni») asarida adabiyot, tarix va b. fanlarga oid hikoyalar, latifalar, suhbatlarning eng saralari jamlangan. Zamaxshariyning aruz vazni haqida bahs yurituvchi «AlQustos filaruz» («Aruzda oʻlchov») asari muhim manbalardan hisoblanadi. «Maqomat» («Maqomlar») — 50 maqomdan iborat boʻlib, qofiyali nasr — sajʼ uslubining nozik namunalarini oʻzida mujassam etgan muhim asardir. 3. hikmatli soʻzlardan iborat «Navobigʻ ulkalim» («Nozik iboralar»); didaktik ruxdagi «Annasouh ussigʻor val bavoligʻ ulkibor» («Kichiklarga nasihatlar va ulugʻlar yetukligi») hamda lirik va falsafiy sheʼrlar, qasida, faxriya, nazmiy maktublarni oʻz ichiga olgan «Devon uzZamaxshariy» kabi asarlar ham yaratgan. «AlKashshof an haqoiq ittanziyl va uyun ilaqoviyl fi vujuh ittaʼviyl» («Qurʼon haqiqatlari va uni sharxlash orqali soʻzlar koʻzlarini ochish», 1132—34) asari Qurʼon tafsiriga bagʻishlangan. Dunyoning turli qoʻlyozma xazinalarida «AlKashshof»ning 100 ga yaqin qoʻlyozmalari va asarning oʻziga bitilgan 20 dan ortiq sharh va hoshiyalar mavjud. Qohiradagi mashhur AlAzhar dorilfununining talabalari ham boshqa tafsirlar bilan bir qatorda Zamaxshariyning ushbu asari asosida Qurʼon oʻrganadilar. Asarlarining qoʻlyozmalari Germaniya, Misr, Turkiya, Eron, Fransiya va Rossiyada saqlanadi. 3. asarlari nemis, fransuz va b. tillarda nashr etilgan. Zamondoshlari Abusamad Muhammad Samʼoniy, Yoqut Hamaviy, Jamoliddin Qiftiy 3. ijodiga yuksak baho berganlar.

3. ijodining ayrim tomonlarini sharq (A. 3. Validiy, Muhammad Kozimbek), oʻzbek (A. Rustamov, U. Tursunov, U. Uvatov, 3. Islomov, M. Hakimjonov va b.), rus (Krachkovskiy, Borovkov va b.), gʻarb (Brokkelman, Zayonchkovskiy va b.) olimlari tadqiq etganlar. Toshkent koʻchalaridan biriga, maktab, jome masjidiga 3. nomi berilgan.

Ad.: Rustamov A., Mahmud Zamaxshariy, T., 1971; Uvatov U., Nozik iboralar, T., 1992; Uvatov U., Mahmud azZamaxshariy, T., 1995; Maʼnaviyat yulduzlari, T., 2001.

Alibek Rustamov, Ubaydullo Uvatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x