YURIDIK JAVOBGARLIK

YURIDIK JAVOBGARLIK — huquqbuzarga nisbatan davlat qoʻllaydigan choralar. Yuridik javobgarlikning maqsadi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, tartibga solish va muhofaza etishdir. Yuridik javobgarlik qonuniylik, adolatparvarlik, jazoning muqarrarligi, maqsadga muvofiqlik, ayb uchun javobgarlik, bir huquqbuzarlik uchun ikki tomonlama javobgarlikka yoʻl qoʻyilmasligi kabi tamoyillarga asoslanadi. Yuridik javobgarlik faqat qonunda belgilangan tartibda va vakolatli organning tegishli qarori asosidagina vujudga keladi. Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud: jinoiy javobgarlik, maʼmuriy javobgarlik, fuqarolik huquqiy javobgarlik, intizomiy javobgarlik, moddiy javobgarlik. Shuningdek, ilmiy adabiyotlarda konstitutsiyaviy, ekologik javobgarlik turlari ham koʻrsatiladi.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x