YoSh PSIXOLOGIYASI

YoSh PSIXOLOGIYASI — turli yosh dagi odamlar xususiyatlarini, bir yosh davridan boshqa yosh davriga oʻtishda ularning psixik rivojlanishini oʻrganuvchi psixologiya fani sohasi. Yosh psixologiyasi odamning tugʻilganidan boshlab to keksaygunicha boʻlgan davr (ontogenez)da amalga oshadigan ruhiy rivojlanishi va shakllanishi bosqichlarini oʻrganadi. Yosh psixologiyasi mustaqil fan sifatida 19a. ning oxirlarida shakllandi. Dastavval bolalar psixologiyasi sifatida yuzaga kelgan. Yosh psixologiyasi uzoq vaqt bola ruhiy riyojlanishi mexanizmlarini oʻrganish bilan cheklanib kelgan, biroq insoniyat taraqqiyotining keyingi darajalari odam ontogenetik rivojlanishini yanada kengroq va chuqurroq oʻrganishni taqozo etganligi munosabati bilan bu fanning tadqiqot doirasi kengayib bordi. Hoz. vaqtga kelib Yosh psixologiyasining bolalar psixologiyasi, yetuklik davri psixologiyasi, gerontopsixologiya (keksalik psixologiyasi) kabi sohalari farklanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x