YAXONTOV Vladimir Vladimirovich

YAXONTOV Vladimir Vladimirovich (1899.23.11, hoz. RF Kurgan gubernyasi, Shadrin tumani — 1970.17.1, Toshkent) — entomolog olim. Uzbekiston FA muxbir aʼzosi (1956), prof. (1935), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960). Leningrad amaliy zoologiya va fitopatologiya intini va ayni vaqtda chet tillar intini tugatgan (1927). Shirobudin (Buxoro) tajriba st-yasida boʻlim boshligʻi (1927—29), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti oʻsimliklarni himoya qilish kafedrasida dos., prof. (1930—34), entomologiya va zoologiya kafedrasi mudiri (1935— 61; 1965—70). Oʻzbekiston FA Zoologiya va parazitologiya in-tida entomofaglar lab. mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, direktor (1961—65). Ilmiy ishlari, asosan gʻoʻza, beda zararkunandalari, hasharotlar ekologiyasini tadqiq etishga, q. x. ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashning biologik usullariga bagʻishlangan. Ya. Oʻrta Osiyodagi tripslarning 10 ta yangi turini aniqlagan.

As: Listovoy lyutsernovsh slonik ili fitonomus, T., 1934; Vrediteli selskoxozyaystvennmx rasteniy i produktov Sredney Azii i borba s nimi, T., 1953: Ekologiya nasekommx, M., 1969.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x