RETSIDIV

RETSIDIV (lot. recidivus — qaytalanuvchi, takrorlanuvchi) (tibbiyotda) — biror kasallikka uchragan bemorda mazkur kasallikning kaytalanishi. Ich terlama, paratiflar, virusli gepatitlarda kuzatiladi. Bemor oʻzini yengilroq his qila boshlagan va kasallik alomatlari yoʻqola borayotgan davrda kasallik qaytadan avj ola boshlaydi. Bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi. Yuqumli kasalliklarga nisbatan olinsa, pasaya boshlagan gavda haroratining qaytadan koʻtarilishi Retsidiv boshlanishining darakchisi hisoblanadi. Odatda, Retsidiv dastlabki kasallikdan ogʻirroq oʻtadi, chunki bemor betoblikdan soʻng hali kuchquvvatini toʻla tiklamagan boʻladi. Retsidiv alomatlari paydo boʻlishi bilan vrach bemor ahvoliga mos keladigan rejim tayin qiladi va qoʻshimcha doridarmon va muolajalar buyuradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x