XOK XAZINASI

XOK XAZINASI — hoz. Namangan viloyati Xok qishlogʻidan 1894-y. da topilgan metall buyumlar (mil. av. 2ming yillikning 1-yarmi). Jami 6 ta buyumdan iborat boʻlib, 5 tasi jezdan va bittasi kumushdan tayyorlangan. Bular: koʻza, pichoq boʻlagi, 3 ta toʻgʻnogʻich (bittasi kumushdan yasalgan), iskana boʻlagi. Toʻgʻnogʻichlar juda mayda ishlangan boʻlib, uning bir tomoniga buzoqcha hamda sigir sogʻayotgan ayol juda ustalik bilan tasvirlangan. Xok xazinasi Fargʻona vodiysi arxeologiyasida noyob hisoblanadi. Xok xazinasi SanktPeterburgdagi Davlat ermitajining Sharq boʻlimida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x