MOTURIDIYLIK

MOTURIDIYLIK — kalomshn oqim, Abu Mansur Moturidiy asos solgan. 9-a. oxiri — 10-a. da Movarounnahrda turli aqidaviy oqimlarning aqidalariga qarshi javob tarzida vujudga kelgan. Moturidiylikning keng yoyilishiga uning moʻtadillik yoʻlini tutganligi, aqidaviy masalalarda Qurʼon, hadis va aqlu idrok, mantiq hamda haqiqatga eng yaqin turganligi sabab boʻyadi. Imom Moturidiy tarafdorlari bilishda faqat aqlga suyanish kerak, degan muʼgaziliylardan farkli oʻlaroq, aql b-n naqlni qoʻshib foydalanish zarur, deb hisoblaganlar. Muʼtaziliylar Qurʼonni yaratilgan desalar, moturidiylar uni qadim, azaliy, deb biladilar. Imon-eʼtiqod xususida Moturidiylik taʼlimoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. Muʼtaziliylar imonning shartlari 3 ta, yaʼni til bilan iqror, dil bilan tasdiq va amal b-n ijro etish, desalar, Moturidiylikda imonning shartlari 2 ta, yaʼni til bilan iqror etish va dil bilan tasdiklash, amallarning oʻrni esa boshqa, deb taʼrif qilinadi.

Moturidiylik har bir insonning taqsiri Alloh tomonidan belgilab qoʻyilganiga qaramay, u oʻz xatti-harakatlari uchun javobgardir, deb biladi. Moturidiylikka koʻra, inson imtihonlar uchun yaratilgan. Shu b-n bir vaktda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtish va toʻgʻri yoʻlni topish uchun keng imkoniyatlar berib qoʻyilgan. U oʻz xatti-harakatlarida ixtiyorlidir.

Moturidiylik taʼlimoti rivojlanib, 13-a. dan keyin Movarounnahr hududidan chiqib, musulmon Sharqi mamlakatlariga yoyildi. Saljuqiylar hukmronligi davrida hamma joyda islom aqidalarida Moturidiylik tatbiq qilindi. Sunniylikning hanafiylik mazhabiga eʼtiqod qiluvchilarning barchasi aqida bobida imom Moturidiy, uning shogirdlari hamda izdoshlari yozib qoldirgan asarlarga tayanib ish koʻradilar. Islom olamining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shim. Afrikada bu taʼlimot hozir ham oʻrta va oliy diniy oʻquv yurtlarida mustaqil fan sifatida oʻqitib kelinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x