XETT TILI

XETT TILI — oʻz yozuviga ega boʻlgan eng qad. hindevropa tillaridan biri; xatt, palayya, lidiya va b. tillar bilan xett — luviy tillari (anatoliya tillari) guruhini tashkil etgan ulik til. X. t. da soʻzlashuvchi aholi qad. Anatoliyaning markaziy va shim. kismlarida yashagan. Xett tili tarixida 3 davr farqlanadi: qad. davr (mil. av. 18—16-a. lar), yjDTa davr (mil. av. 15-a. — 14-a. boshi) va yangi davr (mil. av. 14-a. oʻrtalari — 13-a.). Bizgacha yetib kelgan matnlarning aksariyati Yangi podsholik davriga mansubdir. Xett tilining asosiy grammatik xususiyatlari: feʼl qoʻshimchalari 2 turga boʻlingan, otlar 2 grammatik jins kategoriyasiga boʻlingan. Leksikasida xatt, akkad va xurrit tillaridan oʻzlashgan soʻzlar — asosan terminlar koʻp boʻlgan. Xett tili yozuvi — mixxat boʻlib, u shim. Suriyadan, ehtimol, qad. akkad mixxatidan oʻzlashtirib olingan. Yozma yodgorliklari asosan 1906—07 y. lardagi arxeologik qazishmalar chogʻida Xattusasdagi (Turkiya, hoz. Boʻgʻozkoʻy) podsholik arxividan topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x