XALQARO KOOPERATIV ALYANSI, XKA

XALQARO KOOPERATIV ALYANSI, XKA — milliy va mintaqaviy kooperativlar uyushmalari va kooperativ federatsiyalari (matlubot, kredit, q. x. va b.)ni birlashtiruvchi xalkaro tashkilot. BMTda maslahat maqomiga ega.

1895-y. da Londonda tashkil etilgan. Asosiy maqsadi barcha mamlakatlarda kooperatsiyalar rivojlanishiga yordam berish, kooperativ harakat tamoyillarini targʻib etish, turli mamlakatlardagi kooperativ tashkilotlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish, tinchlik va xavfeizlikni saqlashga yordam berish va b. XKA BMTning bir qator organlari va ixtisoslashgan tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. XKA qoshida xalqaro yordamchi qoʻmitalar q. x. kooperatsiyalari, sugʻurta, kredit, uyjoy, matlubot savdosi, i. ch. va hunarmandchilik kooperativlari muammolarini oʻrganish bilan shugʻullanadi. boshlab XKAga aʼzo mamlakatlarda har yili iyul oyining 1-shanbasi kooperativ tashkilotlar va korxonalar aʼzolarining xalqaro birdamlik kuni — Xalqaro kooperatsiya kuni tarzida nishonlanadi.

Markaziy qoʻmita (har yili chaqiriladi), Ijroiya qoʻmita (XKA Prezidenti va 2 vitseprezidenti va 13 aʼzodan iborat). Kundalik ishlarga direktor va sekretariat rahbarlik qiladi. Shtabkvartirasi Jenevada. XKA 2000-y. boshlarida 540 mln. aʼzodan iborat (76 mamlakat) kooperativ tashkilotlarini birlashtirdi. Oʻzbekistonni XKAda «Oʻzbekbirlashuv» taqdim etadi, 1992-y. okt. da Yaponiyada oʻtkazilgan yillik sessiyasida Oʻzbekiston XKA aʼzoligiga qabul qilingan.

Muxtor Rasulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x