PARLAMENTARIZM

PARLAMENTARIZMdavlat hokimiyati tuzilishi. Bunda parlament im-tiyozli mavqega ega boʻlib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning funksiyalari aniq belgilab beriladi. Parlamentarizmda hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob beradi. Parlamentarizm tarixi Angliyada 1215-y. kabul qilingan «Erkinlikning Buyuk xartiyasi»dan boshlansada, 16—18-a. lardagi inqiloblar davrida vujudga kelgan. Bu davrning ilgʻor vakillari davlatni oqilona tuzish va tashkil qilish uchun hokimiyatni avvalo qonun chiqa-ruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlish kerakligini daʼvat qilganlar va shu yoʻl bilan mavjud davlat mexa-nizmi sistemasida mamlakatda qonun chiqarish va sudlovni amalga oshirish ustidan oʻz nazoratini oʻrnatishga, hatto hukumatni tashkil qilishda qat-nashishga muvaffaq boʻlganlar. Natijada Parlamentarizmning shakllaridan biri — kon-stitutsiyaviy monarxiya (Angliya va b. mamlakatlarda) taʼsis qilingan. Ij-timoiy aloqalar tuzilishi murakkablasha borishi bilan ijro etuvchi hokimiyat (prezident, hukumat) vakolatlarining kuchayish jarayoni yuz bermoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x