OʻZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI

OʻZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASIrespublika tijorat banklari uyushmasi; aʼzo banklarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qiladigan, ularga har tomonlama yordam beradigan notijorat, nodavlat tashkilot. Ijroiya direksiyasi Toshkent shahrida. 1995 yil 28-iyulda taʼsis qurultoyida tashkil etilgan. Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish, xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy bank infratuzilmasini yaratish, xalqaro moliya intlari va xorijiy banklar, bank uyushmalari bilan aloqalarni rivojlantirish, milliy bank tizimi faoliyati uchun tashkiliyhuquqiy sharoitlarni yaratish, bank mutaxassislari tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash, tijorat banklarining moddiytexnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish va boshqalar assotsiatsiyaning asosiy vazifalariga kiradi.

Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasining oliy organi — tijorat banklari qurultoyi. Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasining bank mutaxassislari tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha infratuzilmasi respublika umumtaʼlim maktablari qoshidagi 39 ta ixtisoslashtirilgan bank sinflari, 5 ta bank kasb-hunar kolleji, iqtisodiyot yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlarining bankmoliya sohasi uchun mutaxassislar tayyorlovchi ftlarini, mintaqaviy oʻquv markazi, Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan Bankmoliya akademiyasini oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi tarkibida banklarga zamonaviy moliya xizmatlari koʻrsatadigan «Hamroh loyihainvest» qoʻshma korxonasi, «Moliya binokorxizmat» shoʻba korxonasi, «Baraka» universal lizing, «AxborotReyting» banklararo reyting, «Investgrast» banklararo investitsiya, «Ishonch» banklararo sugʻurta kompaniyalari (hammasi 1996-yil da tashkil etilgan), «Banklararo maslahat xizmati» (1999), «Universal birja markazi», Kimoshdi, tanlov va tender savdolarini tashkil qilish agentligi (2003), Banklararo kredit byurosi (2004), Yagona umumrespublika protsessing markazi (2004) faoliyat koʻrsatadi. Nukus, Jizzax, Fargʻona shahrilarida mintaqaviy muassasalari tashkil etilgan.

Ular orqali mintaqalardagi banklarga yuridik, kadrlar masalalarida yordam, shuningdek, yirik dasturlarni amalga oshirishda banklar resurslarini birlashtirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, kichik biznes vakillari va tadbirkorlarga kreditlar ajratish, dehqon va fermer xoʻjaliklariga lizing xizmatlari koʻrsatish va boshqalar ishlarda amaliy yordam koʻrsatiladi. Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi rivojlangan mamlakatlarning deyarli barcha banklar uyushmalari hamda yirik moliya intlari bilan yaqin aloqalar oʻrnatgan.

Saydullo Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x