VOLFRAM QOTISHMALARI

VOLFRAM QOTISHMALARI — volframnint metallarmolibden (Mo), reniy (Re), mis (Si), nikel (Ne), kumush (A) va b., oksidlar (ThO2), karbidlar (TiC — titan karbidi) va b. birikmalar bilan hosil qilgan qotishmalari. Kukun metallurgiyam usulida yoki komponentlar (tarkibiy qismlar)ni yoyli pech va elektron-nurli pechda qovushtirish yoʻli bilan olinadi. Komponentlar volfram (W)HHHr oʻtga chidamliligini oshiradi, plastikligini yaxshilaydi (t-ra 500° gacha boʻlganda), ishlov beriluvchanligini osonlashtiradi, unda zarur fizikaviy xossalar paydo qiladi. Sanoatda asosan metall-keramik Volfram qotishmalari ishlatiladi. Ular volfram karbidi kukunlari bilan titan karbidi kukunlariga bogʻlovchi modda (kobalt) qoʻshib aralashtirish, hosil boʻlgan aralashmani maxsus qoliplarda presslash, shundan keyin 1500°—2000° da qovushtirish yoʻli b-n tayyorlanadi. Bundam qotishmalar nihoyatda qattiq boʻladi, bunga sabab ularning taxm. 95 foizi karbidlardan iboratligi. Volfram qotishmalari elektr-vakuum asboblarda qizdirgichlar, ekranlar tayyorlash uchun, 2500° gacha t-rada ishlatiladigan termopar materiallar sifatida, raketa va samolyotlarning baʼzi detallarini, giroskop rotorini tayyorlashda ishlatiladi. Tarkibida 3—10% nikel va 2—5% mis boʻlgan Volfram qotishmalari «ogʻir qotishmalar» deb ataladi. Ular radioterapiyada — nurlanishdan himoya qiladigan material hamda radioaktiv preparatlar saqlanadigan konteynerlar tayyorlanadigan material sifatida ishlatiladi. Tarkibida 15% molibden boʻlgan qoʻsh V. q – reaktiv dvigatellarning parraklarini tayyorlashda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x