VORONEJ OT ZOTI

VORONEJ OT ZOTI — arava, chana va qoʻshga qoʻshiladigan, yuk tashishga moslashgan ot. Voronej viloyatining qator tuman va xoʻjaliklarida Rossiyada bityug nomi bilan maʼlum boʻlgan mahalliy otlarni ogʻir yuk tortuvchi va yoʻrtoqi ot zotlari bilan chatishtirib chiqarilgan. Voronej ot zoti qishloq xoʻjaligi va b. ishlarni bajarishsa ishchanligi bilan ajralib turadi. Ozuqa va sharoit tanlamaydi, chidamli. Zot ichida qoramtir va qora tusli otlar koʻp. Aygarlarining tirik vazni 550 kg, biyalariniki 525 kg. Dehqon va fermer xoʻjaliklarida ishlatish uchun Voronej ot zoti qoʻl keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x