BANGALOR

BANGALOR, Bengaluru — Hindiston jan. dagi shahar, Karnataka shtatining maʼmuriy markazi. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 2,7 mln. kishi (1991). Mamlakatning muhim sanoat, fan va madaniyat markazi. Mashinasozlik (samolyotsozlik, stanoksozlik, telefon va elektr asbobuskunalari) sanoati, toʻqimachilik, koʻp poyabzal, sovungarlik, farmatsevtika korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan, chinni va shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Kosmik tadqiqotlar markazi. Kurort joy, botanika boga bor. Shahar 16 – a. da vujudga kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x