GULOB

GULOB — 1) tortish (haydash) usuli b-n atirgul gulbargidan olingan xushboʻy suyuklik, atirgul moyi. Ilgari Gulob xonaki usulda quyidagicha olingan: sopol yoki chinni kosa gulbarg bilan toʻldiriladi. Uning ustiga qamish naycha suqilgan qopqoq yopiladi. Qozonga suv quyib, kosa suvga qoʻyiladi. Qamish naychaning uchiga ikkinchi boʻlak qamish yotigʻiga (gorizontal), uchinchi boʻlak pastga qaratib oʻrnatiladi (qamish oʻrniga mis naychadan foydalansa ham boʻladi). Sovuq suvli chelakka gul bugʻi yigʻiladigan shisha qoʻyilib, naychaning uchi shunga tushiriladi. Kozondagi suv qaynatilganida kosadagi gulbarg suyuqligi bugʻlanib, naycha orqali oʻtib, ikkinchi idishda soviydi va yigʻiladi. Hosil boʻlgan suyuklik kosaga qayta quyilib, yana haydalsa, tiniq va xushbuy modda — G. hosil buladi. Umuman Gulob oʻz sifatiga koʻra 4 xil buladi. Gulob necha marta buglantirib olingan boʻlsa, shuncha otashli (mas, «bir otashli», «ikki otashli») deb ataladi. Toʻrt otashli Gulob yuqori sifatli hisoblanadi (yana q. Atirgul moyi). G. Sharq, ayniqsa fors, oʻzbek xalqlariga qadimdan maʼlum. Hindiston, Markaziy Osiyo shaharlarida Gulob tayyorlaydigan korxonalar boʻlgan.

Gulobdan yurakka foydali doridarmon sifatida tabobatda ham qoʻllanilgan. Nisholda, novvot, shakar kabi shirinliklarning rangi va taʼmini yaxshilashda, xushboʻy ichimliklar tayyorlashda Gulob ishlatilgan. Sharqxalqlari oʻrtasida nikoh kuni goʻshangaga Gulob sepish rasm boʻlgan. Keyingi davrlarda Gulob tayyorlash xalq orasida davom etib kelgan. Baʼzan rayhondan ham yuqoridagi usul bilan Gulob olinadi. Rayxrndan olingan Gulob juda xushbuy va qimmatli qisoblanadi;

2) atirgulning suvidan tayyorlangan ichimlik. Gulbarglar toza suvda yuviladi. Qozon yoki kastryulkaga solinadi va bir oz suv quyib qaynatiladi. Tagi kuymasligi uchun kovlab turiladi. Soʻngra bargni olib tashlab, qolgan suvni dokada suzib, shakar aralashtiriladi va shishaga quyiladi, shishaning ogʻzi havo kirmaydigan qilib berkitiladi. Shishadagi suyuklik 10—12 kunda qaynab chiqadi. Bir qancha kundan soʻng qaynovi bosiladi. Bunday Gulob spirtli ichimlik xususiyatlariga ega boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x