VODOROD PEROKSID

VODOROD PEROKSID, N,O2 — vodorod bilan kislorod birikmasi, rangsiz suyuqlik, zichligi 1,46 g/yem3. Suyuqlanish t-rasi —0,41°, qaynash t-rasi 150,2°. Suv b-n yaxshi aralashadi. Sof holdagi Vodorod peroksid turgʻun, lekin ogʻir metallar va ionlari taʼsirida suv bilan kislorodga parchalanadi. Organik moddalar va faol metallarning oksidlanishi hamda kislorodning katodda qaytarilishi natijasida hosil boʻladi. Lab. da metall peroksidlar (BaO,, Na2O,) ning suyultirilgan kislotalar bilan oʻzaro taʼsiri natijasida, sanoatda esa alkilantragidroxinonlar, birinchi navbatda 2-etil, 2-uchlamchi butil – va 2-pentilantragidroxinonlarni avto-oksidlash usuli bilan olinadi. Suvdagi 30 % li eritmasi pergidrol deyiladi. Vodorod peroksid tarkibidagi kislorod atomlari ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi xossaga ega. Vodorod peroksid ipak, jun va moʻyna kabi mahsulotlarni oqartish uchun, tibbiyotda va oziq-ovqat sanoatida dezinfeksiyalovchi modda sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x