VOLGA BULGʻORLARI

VOLGA BULGʻORLARI, Volga-Kama bulgʻorlari (Kama bulgʻorlari, bulgʻorlar) — Azov boʻylarida 7-a. da koʻchmanchilik qilib yurgan, soʻngra (7-a. ning 2-yarmida) Oʻrta Volga boʻylariga koʻchib borgan turkiy qabilalar. Oʻrta Volga va Kama daryosi boʻylarida Volga bulgʻorlari ugor-fin til oilasiga mansub mahalliy qabilalar bilan aralashib ketganlar va kuchli harbiy tashkilotga ega boʻlganlari tufayli Volga-Kama havzasida siyosiy gegemonlikni qoʻlga olganlar, bu yerda turkiy tillar keng tarqala boshlagan. Volga bulgʻorlari boshqa mahalliy qabilalarni xalq boʻlib shakllanishida va davlat (q. Volga-Kama Bulgʻoriyasi) barpo etilishida bosh rolni oʻynagan. Ularning avlodlari — chuvashlar, Qozon tatarlari va b.

2 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x