AKVATORIYA

AKVATORIYA [lot. aqua — suv va (territoriya] — suv havzasi yuzasining bir qismi. Port akvatoriyasi deganda portning quruqlikdagi qismidan tashqari suv qismi tushuniladi. Gidroaerodrom akvatoriyasi — suv yuzasining gidrosamolyotlar uchishi, qoʻnishi va langarda turishi uchun ajratilib, maxsus jihozlangan qismi. Yangi qurol va texnikani sinab koʻrish uchun poligon sifatida foydalaniladigan suv maydoni ham Akvatoriya deyiladi. Baʼzan Akvatoriya harbiy kemalar turadigan joyni ham oʻz ichiga oladi. Dengiz xoʻjaliklari (baliqchilik, boshqa dengiz hayvonlarini koʻpaytirish, dengiz karami yetishtirish va b.) rivojlanishi bilan turli xoʻjalik A. lari paydo boʻlmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x