VITOL

VITOL Yazep (Vitol Iosif Ivanovich) [1863.14(26). 7, Valmiyera — 1948.24.4, Lyubek) — latish kompozitori, musiqashunosi va pedagog; latish milliy kompozitorlik musiqasi asoschilaridan. 1886-y. da Peterburg konservatoriyasini tamomlab shu yerda 1918-y. gacha dars bergan (1901-y. dan prof.). 1919-y. da Latviya konservatoriyasiga asos solgan (1944-y. gacha shu konservatoriyaning rektori va prof. boʻlgan). Vitolning xor asarlari, romans va qoʻshiqlari, fortepiano pyesalari, «Ligo bayrami» (1889), «Dramatik uvertyura»si (1895), «Qimmatbaho toshlar» (1924), «Kuz qoʻshigʻi» (1928) kabi simfonik asarlari mashhur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x