VINYOLA

VINYOLA (Vignola, asli fam. Barossi, Barozzi) Jakomo da (1507.1.10, Vinyola, Emiliya-Romanya — 1573. 7. 7, Rim) — italyan meʼmori. Soʻnggi Uygʻonish davri vakili, yirik nazariyotchi. Saroylar (Kapraroldagi Farneze saroyi, 1558—73), villalar (Rimdagi papa Yuliya III villasi, 1550—55), cherkovlar (Rimdagi Il Jezu cherkovi, 1568—84) qurilishida Uygʻonish davri meʼmorligi prinsiplarini barokko va klassitsizm elementlari bilan uygʻunlashtirgan holda yangi meʼmoriy qismlar yaratishga intilgan. Mikelanjelo vafotidan soʻng (1564) Rimdagi avliyo Petr sobori qurilishiga rahbarlik qilgan. «Meʼmorlikning besh order qoidalari» nomli mumtoz traktat muallifi (1562). Vinyola ijodi meʼmorlikda barokko uslubini shakllanishida muhim rol oʻynagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x