BOZOR ISLOHOTLARI INSTITUTI

BOZOR ISLOHOTLARI INSTITUTI, Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy tadqiqot instituti — ilmiy muassasa. OʻzR Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga qaraydi. Qoʻmitaning koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish muammolari i. t. markazi negizida 1997-y. da Toshkentda tashkil etilgan. Int ilmiy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari: Oʻzbekistonda bozor islohotlari jarayonlarini tahlil qilish, iqtisodiyotni isloh qilishning jahon tajribalarini oʻrganish, respublikada bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash; iqtisodiyot xususiy sektorining jadal rivojlanishini ragʻbatlantirish va mulkdorlar huquqlarining kafolatini kuchaytirish, qimmatli qogʻozlar va koʻchmas mulk bozorlarini rivojlantirish boʻyicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish va b. dan iborat. Int tarkibida quyidagi boʻlimlar bor (2000): institutsional oʻzgarishlar va bozor islohotlarini chuqurlashtirishning ilmiy asoslari; xususiylashtirish va xususiylashtirishdan keyin korxonalarni qoʻllab quvvatlash; kichik va oʻrta tadbirkorlikning rivojlanishini ragʻbatlantirish; bozor infratuzilmalarini rivojlantirish; q. x. da institutsional oʻzgarishlar; xorijiy sarmoyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish; davlat mulkini boshqarishni tashkil qilish; hisoblash va kompyuterlashtirish tizimlari; axborot taʼminoti. Intda prof. va fan dlari, 4 fan nomzodi va 50 dan ortiq yuqori malakali ilmiy xodim va mutaxassislar ishlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x