BOZUBAND

BOZUBAND, bozband, bozvant — ziynat buyumi, ayollar taqinchogʻi. Boʻyin yoki qoʻltiqqa osib yuriladi. Shakli: ikki uchi qubba bilan yakunlangan naychasimon yoki bir-biriga tegib ketmasligi uchun ingichka jiyak bilan birlashtiriladigan ikkita (biri quti, ikkinchisi qopqoq) toʻrtburchak yoki uchburchak yupqa oltin yoki kumush plastinkadan yasalgan quticha; ikki cheti (uchburchak boʻlsa, ustki burchi) ga zanjir (2 — 5 qator), pastiga kalta sim panjara bezak yoki shokilalar oʻrnatiladi; suqma — mix boʻlakcha yordamida ochib yopiladi. Bozuband yuzasi bosma, shabaka (panjara), sovotkori, simkori usulida nafis bezatiladi, qimmatbaho toshlar, rangdor shisha, marjonlar qadab naqshlanadi, bezak mujassamotiga yozuvlar kiritiladi. Bozuband oʻta mehnattalab, hashamdor va nozik buyum boʻlganligi uchun gʻoyat qadrlangan, hatto qizlarning kelinlik sepiga ham kiritilgan. Toshkent, Andijon, Qoʻqon, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi yirik shaharlarda tayyorlangan, chet mamlakatlarga ham chiqarilgan. U tumor deb ham yuritiladi. 20-a. da urfdan qolgan. Hozir oʻzbek raqqosalarining milliy kiyimlari tarkibiga kirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x