BOSMA

BOSMA, bosma chakmon — jundan toʻqilgan mato va undan tayyorlangan ustki kiyim. Tuya yoki qoʻy juni urchuq (duk)da yigiriladi, soʻng boʻsh qilib toʻqiladi. Toʻqimaga maxsus ishlov beriladi: toʻqima qattiq yuzaga qoʻyilib, bir necha soat yalang oyoq bilan tepkilanadi, bu jarayon davomida toʻqimaga tez-tez issiq suv sepib turiladi. Shundan soʻng Bosma ham eniga, ham boʻyiga kirishadi. Bosma astarsiz qilib tikiladi. Bosmadan yogʻin oʻtmaydi. Bosma yaylovda, otulovda yurganda kiyiladi, ayniqsa choʻponlar uchun juda qulay.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x