VEKSLER Vladimir Iosifovich

VEKSLER Vladimir Iosifovich (1907.19.2, Jitomir – 1966.22.9, Moskva) — rus fizigi, akad. (1958). Zaryadlangan zarralarni tezlatish fizikasi va texnikasi boʻyicha ilmiy maktab asoschisi. U kosmik nurlar tarkibida elektron-yadro jalalari borligini aniqlagan (1937), elektronlar tezlatgichi — mikrotron loyihasini (1944), keyinroq avtofazalash prinsipini tavsiya qilgan. Veksler rahbarligida Dubna sh. da sinxrotron (1947) va 10mlrd. eV ga moʻljallangan proton tezlatgichi — sinxrofazotron (1957) ishga tushirildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x