BOA

BOA, oddiy boʻgʻma ilon (Constrictor constrictor) — boʻgʻma ilonlar oilasiga mansub ilon. Uz. 2—5,5 m. Terisining rangi chiroyli naqshindor yaraqlagan. Amerikaning asosan tropik oʻrmonlari, togʻli hududlarida (imperator boʻgʻma iloni — S. s. imperator kenja turi) va quruq ochiq landshaftlarida (argentina boʻgʻma iloni — S. s. occidentalis kenja turi) tarqalgan. Koʻpincha yerda, dare va soylar qirgʻogʻida, daraxtlarda yashaydi. Odamlar yashaydigan joylar yaqinida ham uchraydi. Kemiruvchilar, kaltakesaklar va qushlar bilan oziqlanadi. Asosan kechasi ovga chiqadi. Urgʻochisi 3 tadan 64 tagacha bolalaydi. Yosh B. koʻlga oʻrganadi, tutqinlikda 10 va undan koʻproq yil yashaydi. Boa terisi juda yuqori baholanadi, undan koʻnteri sanoatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x