UYGʻUR YOZUVI

UYGʻUR YOZUVI — Sharqiy Turkistondagi turkiyzabon xalklar foydalangan harftovush yozuvi; sugʻd yozuvi asosida paydo boʻlgan (sugd yozuvi, oʻz navbatida, qoz. ilmiy taxminlarga kura, oromiy yozuvi shakllaridan biriga borib taqaladi). Dastlabki yozma yodgorliklari 8-a. ga mansub. Uygʻur yozuvida xarflar vertikal chiziq boʻylab yuqoridan pastga qarab yozilgan, yozuv ustunlari esa chapdan oʻngga tomon joylashtirilgan. Harfning soʻzdagi oʻrniga (boshi, oʻrtasi, oxiriga) qarab tegishli oʻrinlarda uning alohida shakllari qoʻllangan. Diniy asarlar, odatda, qatʼiy kitobiy yozuvda, rasmiy hujjatlar esa tez yozuvga asoslangan kursivda yozilgan.

Uygʻur yozuvi 9—13a. larda budda diniga sigʻinuvchi turkiy qabilalar oʻrtasida kengtarqalgan. Ushbu qabilalar islomni qabul qilganlaridan keyin bu yozuv astasekin arab yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan, lekin Uygʻur yozuvi budda ibodatxonalarida 18-a. da ham qoʻllangan. 18-a. da Uygʻur yozuvi moʻgullar tomonidan oʻzlashtirilgan va hoz. ham mavjud boʻlgan moʻgʻul yozuvi shakllangan; U. yo. asosida manjur yozuvi xam yaratilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x