UITMEN

UITMEN (Whitman) Uolt (181931.5, UestXils, Xantington, NyuYork shtata — 1892. 26.3, Kamden, NyuJersi shtati) — amerikalik shoir. Ijodida demokrata k ideallarni mujassamlashtirgan. Uitmenning «Maisa yaproqlari» (1855 — 91) toʻplamiga shoirning eng yaxshi asarlari kiritilgan. Asarning asosiy gʻoyalari transsendentalizm taʼlimoti b-n bogʻliq: koinot uzviyligi (garmoniyasi), doʻstlik qadriyatlari, insoniyat birdamligi, cherkov aqidalariga qarshi isyon va b. «Yangra, nogʻora!» (1865) sheʼriy toʻplami 2-jahon urushiga bagʻishlangan. Koʻpgina olimlar Uitmenni dunyo demokratiyasi shoiri deb taʼriflashgan. Uning sheʼrlarida ijodkor xalqning kelajakda mukammal demokratik jamiyat qurishiga ishonch ohanglari yangraydi. Uitmenning sheʼriyatga yangi mazmun va yangi shakl zarurligi haqidagi fikrlari «Koʻrgazma haqida qoʻshiq» (1871) dostonida oʻz aksini topgan. Uitmen oʻz sheʼriyatining asosiy maqsadini barcha xalqlarning tengligi va qardoshligini kuylash deb taʼkidlagan. Yozuvchi oʻz ijodida yangi, yosh millat shakllanishini aks ettirishga harakat qilgan. Dadil novator boʻlgan: sheʼrga prozaik nutq unsurlarini olib kirgan. Vaznsiz va qofiyasiz erkin sheʼrni yanada takomillashtirgan. Uitmen nasri ham uning sheʼriyati bilan bogʻliq. Nasriy asarlarida ham butun insoniyat birligi goyalarini ilgari surgan, fan va texnika taraqqiyotiga optimistik nazar bilan qaragan. Ayrim sheʼrlari Aziz Sayd tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Ad.: Benediktova T. D., Poeziya Uolta Uitmena, M, 1982; Chukovskiy K. I., Moy Uitmen, M., 1969; Mendelson M., Jizn i tvorchestvo Uitmena, M., 1969.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x