STEREOTELEVIDENIE

STEREOTELEVIDENIE (stereo… va televideniye) — tomoshabinda kuzatilayotgan tasvirlar chuqurligi va hajmiyligi taassurotini paydo qiladigan televideniye tizimi. Chuqurlik va hajmiylik taassuroti odamning koʻrish binokulyarligi (ikki koʻz bilan koʻrish) xususiyati oqibati. Stereotelevideniyeda aynan bir obyektning tasviri birbiridan maʼlum masofada joylashgan ikki vaziyatdan turib uzatiladi. Shunda obyektning stereojuftlikni hosil qiladigan ikki tasviri shakllanadi. Televizor ekranida bu tasvirlar tomoshabinga alohidaalohida taʼsir qiladi, yaʼni chap koʻzga stereojuftlikning chap tasviri, oʻng koʻzga oʻng tasviri koʻrinadi. Oqqora va rangli hajmiy televideniyening bir necha tizimi mavjud. Bular televizion koʻrsatuvlarni uzatish uchun ham (baʼzan), amaliy maqsadlarda ham (koʻproq) qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x