UST-KAMENOGORSK

UST-KAMENOGORSKQozogʻiston Respublikasining Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Rudali Oltoy togʻlari etagida, Ulba daryosining Irtishga quyilish joyida. Irtish daryosidagi port. T. y. chorrahasi. Aholisi 300,9 ming kishi (2002).

Shahar 1720 i. da UstKamennaya qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1868-y. dan Semipalatinsk viloyatining uyezd shahri. 1932-y. da Sharqiy Qozogʻiston viloyatida, 1939-y. dan viloyat markazi. Rangli metallurgiya (qoʻrgʻoshinrux, titanmagniy ktlari), mashinasozlik va metallsozlik (konshaxta jixrzlari, kondensatorlar, priborlar i. ch. yetakchi oʻrinda. Sement, gʻisht, uysozlik, temirbeton buyumlar z-dlari, qurilish materiallari kti ishlab turibdi. Oziq-ovqat (goʻsht, sut, vinoaraq ktlari, moyekstraksiya va pivo z-dlari), yengil sanoat korxonalari bor. Shahar yaqinida UstKamenogorsk suv ombori, UstKamenogorsk GES qurilgan. 2 oliy oʻquv yurti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x