USTA SHODI

USTA SHODI Azizov (1878, Gʻijduvon tumani — 1943, Gʻijduvon) — xonanda, sozanda (nay, doyra), raqqos. Oʻzbekiston xalq hofizi (1940). Buxoro — Samarkand musщa uslubi vakili. Bolalikdan milliy raqs, masxarabozlik yoʻllariga qiziqib, xalq toʻysayillarida xizmat qilgan. Tez orada xalq orasida shuhrat qozonib, 1895-y. Buxoro amiri saroyiga chaqirilgan. Shashmaqom yoʻllarini Ota Jaloldan oʻrgangan. 1930-y. larda Gʻijduvon kz—sz teatrida yakkaxon xonanda, pedagog va raqslar ustasi (sahnalashtiruvchisi). Usta Shodi ijrosida Ye. Romanovskaya Shashmaqomning bir necha ashula yoʻllarini yozib olib, notaga tushirgan. Shogirdlari orasida Tojikiston xalq artisti B. Fayzullayev va b. bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x