UTREXT

UTREXT — Niderlandiyadagi shahar. Utrext provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 256,2 ming kishi (2001). Transport yullarining yirik chorrahasi. Reyn daryosi deltasidagi port. Mamlakatning qad. savdomoliya, sanoat, madaniy markazi. Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik (11-a. dan) sanoati korxonalari mavjud. Un-t (1636), muzeylar bor. U. qadimgi rimliklar qishlogʻi oʻrnida bunyod etilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan romangotika sobori (11—16-a. lar), gotika cherkovlari saqpangan. Shaharda har yili xalqaro yarmarka utkaziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x