UGLEAMMIAKATLAR

UGLEAMMIAKATLAR — azotli suyuq oʻgʻit. Rangsiz yoki sargʻimtiryashil suyuqlik, ammiak hidi kelib turadi. Ammoniy karbonat yoki ammoniy karbonat va mochevinani ammiakda eritib olinadi. Tarkibida 18—35% azot (koʻpincha 25—29% atrofida), 12% SO,, 4—7% erkin ammiak bor, zichligi 1,1 — 1,4 g/ sm3. U. germetik bekiladigan mustaqkam idishlarda tashiladi va saklanadi. Ugleammiakatlarni barcha q. x. ekinlariga ishlatsa boʻladi. Oʻsimliklarni oziqlantirishda mashinalar yordamida 10—12 sm chuqurlikda solinadi, sarf meʼyori 100—200 kg/ga.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x