UBAYDULLAXON II

UBAYDULLAXON II, Ubaydullo Muhammad Bahodirxon (1681 — Buxoro — 1711.16.3) — Buxoro xoni (1702—11), ashtarxoniylar sulolasidan. Subhonqulixonning oʻgʻli. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Birok, Buxoro ulamolari va qoʻshinning madadiga tayangan U. II Buxoro taxtini egallaydi (1702-y. sent.).

Balx hokimi Muhammad Muqimxonning otaligʻi hisoblangan Mahmud qatagʻon (q. Mahmudbiy) Buxoroga boʻysunmaslikdan tashqari Qubodiyon (1703), Termiz (1704)ni ham Balxga qoʻshib olib, Balxni mustaqil deb eʼlon qilgan. Beklarning saroy fitnasi natijasida Muhammad Muqimxon oʻldirilgach (1707-y. mart), U. II Balx ustiga katta qoʻshin bilan yurish qiladi va shaharni egallaydi (1707-y. 27 may).

Ubaydullaxon II murakkab sharoitda Buxoro xonligini boshqargan. Iqtisodiy tanazzul va ichki nizolardan tashqari jungʻorlar (qalmoklar)ning harbiy bosqinlari (mas, Samarqandga hujum, qalmoqlar xurujidan qochgan qozoklar va qoraqalpoqlarning Movarounnahr hududi (Toshkent va b. joylar)ga koʻchib kelishi vaziyatni yana ham murakkablashtirgan. Ana shunday sharoitda Ubaydullaxon II davlatning iqtisodiy negizini mustahkamlashga qaratilgan choralar koʻrgan. Avvalo u maʼmuriy sohada islohotlar oʻtkazib, davlatni boshqarishga oʻrta tabaqa: xunarmandlar va savdogarlarni jalb qilgan. Ubaydullaxon II hatto markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun yirik yer egalarining imtiyozlarini qisqartirgan (mas, Joʻybor xojalari soliq toʻlashga majbur qilingan). Biroq Joʻybor shayxlari katta siyosiy kuch boʻlib, Ubaydullaxon II oʻtkazayotgan siyosat uchun xatarli muxolifga aylanishgan.

Ubaydullaxon IIning siyosiy faoliyatida pul islohoti ham aloxida oʻrin tutadi. Ubaydullaxon II pul islohoti oʻtkazish orqali davlat xaziiasini toʻldirishni, bebosh amirlar, beklar va urugʻ boshliqlari bilan kurashda oʻz mavqeini kuchaytirish va ayrim mahalliy hokimlarning ayirmachilik intilishlarini bartaraf qilib, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga intildi. Biroq Ubaydullaxon IIning islohotlari badavlat tabaqalar va ayrim oʻrtahol shaharliklar tomonidan noxush kutib olindi. Ubaydullaxon IIga qarshi gʻalayonlar koʻtarildi.

Ubaydullaxon II mamlakatda obodonchilik ishlariga eʼtibor qaratgan. U Madrasa va Buxoroning gʻarbida Xonobod chorbogʻi (1709)ni barpo qilgan. Tarixchi Mir Muhammad Amin Buxoriy uning saroyida bosh munshiy boʻlib, Ubaydullaxon IIning siyosiy faoliyati haqida «Ubaydullanoma» (1716) asarini yozgan. Muhammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy» va Abdurahmon Tolennng «Tarixi Abulfayzxon» asarlarida ham Ubaydullaxon II faoliyati aks etgan.

Ubaydullaxon II saroy fitnasi natijasida Buxoroning Piri Mirza chorbogʻida oʻldirilgan. U Buxoro yaqinida — Bahouddin majmuasilagm Daxmai shohonda otasi Subhonqulixon qabri yonida dafn etilgan.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x