UDMURT TILI

UDMURT TILIperm tillaritn biri. Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya Respublikasida, qisman Boshqirdiston va Tatariston respublikalarida, Kirov va Perm viloyatlarida hamda Krzogʻiston, Ukraina, Oʻzbekiston va Belorussiya respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 747 ming, jumladan, Udmurtiyada 497 ming kishi (20-a. ning oxirlari). Udmurt tilining 2 lahjasi bor: shim. (bir qancha shevalar hamda bessermyan etnik guruhining tili) va jan. (Udmurtiya jan. dagi shevalar hamda Vyatkaorti va Kamaorti shevalari). Udmurtiyaning oʻrta hududlarida oraliq shevalar xam uchraydi.

Udmurt tili boshqa perm tillaridan baʼzi unlilar va undoshlarning qoʻllanish oʻrni (mas, o ning soʻzning faqat birinchi boʻgʻinida kelishi), urgʻuning soʻzdagi oxirgi boʻgʻinga tushishi, 2 xil tuslanishning mavjudligi, oʻziga xos feʼl shakllari bilan farkdanadi. Leksikasida koʻplab turkiy oʻzlashmalar bor. Udmurt tili dagi dastlabki yozma yodgorliklar 18-a. ning 30-y. lariga mansub. Yozuvi rus grafikasi (kirillitsa) asosida 18-a. da yaratilgan. Hoz. adabiy Udmurt tili shim. va jan. guruh shevalariga mansub grammatik belgilar va leksikaning oʻziga xos qoʻshilmasidan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x