UCHMA

UCHMA, otashak (Ceratocephalus Moench.) — ayiqtovondoshlarga mansub bir yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda 2 turi — toʻgʻritumshuq Uchma (Ctesticulatus (Crants) Bess.) va ilmoqtumshuq Uchma (S. falcatus (L.) Pers.) oʻsadi. Toʻgʻritumshuq Uchma poyasi 1—7 sm, ilmoqtumshuq Uchmaning boʻyi 3—10 sm, tumshugʻi qayrilgan. Bargi panjasimon kambar boʻlakchali, ildiz boʻgʻzida joylashgan. Guli sariq. Mevasi tumshuqsimon oʻsimtali, poya uchida boshoqqa oʻxshab toʻplangan. Urugʻi kuzdagi birinchi yomgʻirdan keyin unib chiqadi; mart — apr. da gullab urugʻlaydi. Uchma choʻl va adirlardagi oʻtloqlarda, ekinlar orasida koʻp uchraydi. Tarkibida zaharli modda bor. Toʻgʻritumshuq uchma, Uchmadan koʻpincha qoʻy va echkilar zaharlanadi. Oʻzbekistonda keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x