UCHQULOCH QOʻRGʻOSHINRUX KONI

UCHQULOCH QOʻRGʻOSHINRUX KONIJizzax viloyatining Forish tumanida, Nurota togʻlarining shim. togʻ oldi qismidajoylashgan. Jan. dan Xonbandi va shim. dan Shim. Uchquloch yoriqlari bilan chegaralangan. Kon geol. si 1951-y. da kompleks oʻrganilgan. Konning 2 ta uchastkasida mufassal qidiruv ishlari olib borilgan, bu uchastkalar baritpiritgalenitsfalerit rudali maydonlardan iboratligi maʼlum boʻldi. Uchquloch qoʻrgʻoshinrux koni maydonida, asosan, devon, karbon (toshkoʻmir) davrlariga oid jinslar tarqalgan. Magmatik togʻ jinslaridan diabaz, gabbro, albitofir, kvarsli porfir va tuflar uchraydi. Uchquloch qoʻrgʻoshinrux konida ruda jismlari 50 — 100 m dan 1100—1300 m gacha boʻlgan chuqurlikda joylashgan. Kondagi asosiy foydali qazilmalar — qoʻrgʻoshin, rux, mis. Uchquloch ruda maydoni Xonbanditogʻ gorst — antiklinalida joylashgan. Uchquloch qoʻrgʻoshinrux koni sanoatbop kon, asosiy minerallari: galenit PbS (86,7% Pb), sfalerit ZnS (67% Zn), ikkinchi darajali minerallari xalkopirit, pirrotin, karrolit, kumush, oltin va b. U. q. r. k. ning zaxiralari S, toifasi boʻyicha: qoʻrgʻoshin — 2862,1 ming t, rux — 3140,8 ming t; S2 toifasi boʻyicha: qoʻrgʻoshin — 431,6 ming t va rux 214,07 ming t.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x