Kontrasepsiya nima? Uning qanday turlari va usullari mavjud?

Kontraseptivlar – homiladorlikning oldini olish uchun qoʻllaniladigan vositalar. Kontrasepsiya vositalarini qoʻllashdan maqsad homiladorlikni rejalashtirish, ayol sogʻligʻini saqlab qolish, jinsiy hayotdan toʻla qoniqib yashashdir.

Kontrasepsiya usullaridan foydalanish nima uchun muhim?

Har qanday kontraseptiv usul – sunʼiy abortlarni kamaytiradi, ginekologik kasalliklar rivojlanishidan himoya qiladi, ayol va homila hayotiga xavf tugʻdirmaydi;

Rejali ravishda homiladorlikni amalga oshirish ayol kishi va uning oilasidagi muhit, moddiy holati va boshqa omillarda qiyinchiliklar tugʻdirmaydi;

Baʼzi bir kontraseptiklardan foydalanish bir vaqtning oʻzida ginekologik kasalliklar, osteoporoz va bepushtlikni davolashda samara beradi.

homiladorlikdan saqlanish usullari
Women’s Health

 

Kontraseptiv vositalarning samarasi Perl indeksi boʻyicha baholanadi, yaʼni bir yil davomida kontraseptiv usuldan foydalanilganda homiladorlik roʻy berishi yoki bermasligi inobatga olinadi. Koʻrsatkich qancha kam boʻlsa, kontraseptiv vositaning samaradorligi shuncha yuqori boʻladi. Zamonaviy kontraseptiv vositalarning samaradorlik darajasi 0,2-0,5 ga teng boʻladi, yaʼni har 1000 ta ayol kishidan 2-5 tasida homiladorlik kuzatiladi.

Kontrasepsiya usullari klassifikatsiyasi

  • Bachadon ichi;
  • Gormonal;
  • Barer;
  • Fiziologik (tabiiy);
  • Jarrohlik amaliyoti bilan sterillash.

Yuqoridagi barcha kontrasepsiya usullari haqida quyida batafsil maʼlumot beramiz.

Bachadon ichi kontrasepsiyasi

Aʼzoga, yaʼni bachadon boʻshligʻiga “yot” boʻlgan jismlarni joylash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bachadon ichi kontrasepsiyasi yuqori iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan masalan Xitoy, Rossiya va Skandinaviya mamlakatlari. Bu usul XX asr boshlarida ilk bor qoʻllanilgan va bunda bachadon ichiga turli xil metallardan tayyorlangan halqalar joylashtirilgan. 1935 yilda bachadon ichi kontrasepsiyasidan foydalanish inkor etildi, bunga sabab infeksion asoratlar koʻpayib ketganligidir.

1962 yilda Lipps bachadon ichiga plastikmassadan tayyorlangan va uning uchida tortib olish uchun maxsus ipchasi bor boʻlgan kontraseptiv vositani oʻylab topdi. Shu vaqtdan boshlab bachadon ichi kontrasepsiyasini qoʻllash takomillashib bormoqda.

Bachadon ichi kontraseptiklari ikki xil boʻladi: inert va medikomentoz. Inert kontraseptiklar hozirgi kunda qoʻllanilmaydi. Medikomentoz vositalar esa oʻzida metal yoki gormonlar saqlaydi. Ular quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • MultiloadCu-375 – F harfini eslatuvchi spiral, mis bilan qoplangan, 5 yilgacha xizmat qiladi;
  • Nova-T – T harfi shaklida, mis bilan qoplangan;
  • CooperT 380 A – T-shaklidagi spiral, 6 yilgacha xizmat qiladi;
  • Mirena – hozirgi kunda eng mashhur boʻlgan kontraseptiv spiral, bachadon boʻshligʻiga doimo levonorgestrel gormonini ajratib turadi, bu gormon esa progesteron gormoni bilan bir xil taʼsirga ega, yaʼni homiladorlik roʻy berishiga qarshilik koʻrsatadi va davolovchi xususiyatga ham ega.

Taʼsir mexanizmi

Bachadon ichi kontraseptiklari quyidagicha taʼsir mexanizmga ega:

  • Spermatozoidlarni oʻldiradi, yaʼni bachadon ichiga tushgan spermatozoidlar spiraldagi metallarning toksik xususiyati tufayli nobud boʻladi;
  • Bachadon boʻyni ishlab chiqaradigan shilliq yopishqoqligini oshiradi va spermatozoidlar harakatlanishini qiyinlashtiradi;
  • Levonorgestrel gormoni bachadon endometriy qavatini atrofiyalanishiga olib keladi. Bunda ovulyatsiya va esterogenlar ishlab chiqarilishi saqlanib qoladi, hayz koʻrish vaqti biroz qisqarishi mumkin;

Abortiv xususiyatga ega.

Bachadon ichi spirallarining abortiv mexanizmi quyidagicha roʻy beradi:

  • Bachadon nayining harakatlanishini oshiradi va yetilmagan tuxum hujayralarning bachadon boʻshligʻiga tushishini tezlashtiradi;
  • Endometriyda mahalliy yalligʻlanish jarayonini chaqiradi, urugʻlangan tuxum hujayraning bachadonga yopishishiga toʻsqinlik qiladi;
  • Bachadon devorlarini harakatini kuchaytiradi va tuxum hujayrani tashqi jinsiy yoʻllar orqali chiqib ketishini taʼminlaydi.

Perl indeksi boʻyicha mis saqlovchi bachadon ichi spirallarining samaralik darajasi 1-2, mirena spiraliniki esa 0,2-0,5 ni tashkil etadi.

Bachadon ichiga spiral joylashtirish

Spirallarni bachadon ichiga joylashtirish sunʼiy abort yoki tugʻruqdan keyin 1,5-2 oy oʻtib, kesarcha kesish amaliyotidan keyin esa 6 oy oʻtib olib boriladi. Ularni bachadonga joylashtirishdan oldin ayol kishi infeksion kasalliklarga tekshiriladi.

Bachadon ichiga spiral joylashtirilgandan soʻng ayol kishi 7 kun oʻtib qayta koʻrikka kelishi kerak. Barcha koʻrsatkichlar normada boʻlsa ayol kishi odatdagidek har 6 oyda ginekolog koʻrigidan oʻtib turishi kifoya.

bachadon ichi spirali
Self.com

Bu kontrastik vosita ayol xohishiga koʻra yoki asoratlar bersa olib tashlanadi yoki yaroqlik muddati tugagach spiralning ipchasidan tortib olinadi. Agar spiralning ipchasi uzilib ketsa, uni olish statsionar sharoitda olib boriladi. Baʼzi hollarda spirallar bachadon mushak qavatigacha botib kiradi, agar ayol kishida hech qanday shikoyatlar boʻlmasa spiral shu holatda qoldiriladi va kontrasepsiyaning boshqa usullaridan foydalanadi.

Asoratlar va qarshi koʻrsatmalar

Bachadon ichiga spirali quyidagi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin:

  • Miometriy perforatsiyasi (5000 holatdan 1 tasida uchraydi);
  • Ogʻriq sindromi;
  • Qonli ajralmalar;
  • Infeksion kasalliklar.

Qorin sohasida kuchli ogʻriq, siquvchi hissiyot va qonli ajralmalar kelishi, hayz koʻrish vaqtida koʻp suyuqlik ajralishi, tana haroratining oshishi, spiralning “tushib qolishi” holatlarida zudlik bilan shifokorga murojaat etish lozim.

Homiladorlik vaqtida, jinsiy aʼzolar infeksion kasalliklarida yoki oʻsma kasalliklarida bachadon ichi spirallaridan foydalanish mutlaqo mumkin emas. Bachadon ichi spirallaridan foydalanish tavsiya etilmaydigan holatlarga hayz siklining buzilishi, endometriy giperplaziyasi, jinsiy aʼzщlarning anatomik oʻziga xosligi, qon kasalliklari, metallarga boʻlgan allergiyalar va boshqa yondosh kasalliklar kiradi. Bachadon miomasida bachadon ichi spirallaridan foydalanish mumkin, ayniqsa Mirena spirallaridan foydalanish kasallikni davolovchi taʼsirga ham ega.

Yutuqlar va koʻrsatmalar

Ushbu kontrasepsiyani qoʻllashning ustun jihatlari quyidagilar:

  • Usulning samarasi darhol boshanishi va uzoq muddatga taʼsir etishi;
  • Yuqori samaradorlik;
  • Hamyonbopligi;
  • Jinsiy juft uchun qulaylik va doimiy tabletkalar qabul qilib yurishdan qutilish;
  • Laktatsiya vaqtida ham qoʻllash imkoni borligi.

Bachadon ichi kontrasepsiyalaridan farzandi bor boʻlgan ayollar va homiladorlikni bir yil davomida rejalashtirmayotganlar ham qoʻllashlari mumkin. Agar homiladorlik roʻy bergan boʻlsa ham bu bachadondan tashqari boʻlish ehtimoli yuqori va bu olat jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishini talab etadi. Agar homila bachadon ichida joylashadigan boʻlsa homiladorlik toʻxtatilmaydi va spiral ham olinmaydi, uning oʻzi tugʻruq vaqtida tashqariga chiqadi.

Gormonal kontrasepsiya

Gormonal kontrasepsiya gestagen yoki esterogen gormonlaridan tashkil topgan boʻladi.

Gormonal kontrasepsiya turlari

Kombinatsiyalangan:

  • Oral kontraseptiklar;
  • Qin halqalari;
  • Plastirlar.

Gestagen:

  • minipili;
  • ineksion;
  • implantatsiyalanuvchi.

Taʼsir mexanizmi va samaradorligi

gormonal kontrasepsiya
DepositPhotos

Kombinatsiyalangan oral kontraseptiklar:

  • Bosh miyada siklik gormonlar ajralib chiqishini tormozlaydi;
  • Tuxum hujayralar yetilishini sekinlashtiradi;
  • Bachadon boʻyni shilliq ajralib chiqishini koʻpaytiradi;
  • Bachadon naylari qisqaruvchanligini oshiradi;
  • Endometriy atrofiyasini kuchaytiradi, bunda tuxum hujayra bachadon shilliq qavatiga birika olmaydi.

Oral kontraseptiv vositalarining samaradorlik darajasi 100 % ni tashkil etadi. Perl indeksi boʻyicha koʻrsatkich 0,05-0,5 ga teng. Gormonal kontraseptik vositalarni ilk bor qabul qilganda shishlar paydo boʻlishi mumkin, koʻngil aynishi va qayt qilish, hayz koʻrishning uzayishi, kayfiyatdagi oʻzgarishlar va bosh ogʻrigʻi paydo boʻlishi mumkin. Odatda bu kabi belgilar oʻz oʻzidan oʻtib ketadi va hech qanday davo talab etmaydi.

Homilador boʻlish qobiliyati 1-3 oylar ichida qayta tiklanadi. Homiladorlikning ilk davrlarida oral kontraseptiv vositalaridan foydalanishning hech qanday zarari yoʻq, homiladorlik tabiiy ravishda davom etaveradi.

Nojoʻya taʼsirlari va qarshi koʻrsatmalar

Zamonaviy minimal dozadagi kontraseptik vositalar deyarli nojoʻya taʼsirlarga ega emas, masalan tromb hosil boʻlishi, arterial qon bosimining oshishi, xolesterin miqdorining oshishi, tana vaznining ogʻirlashuvi, husnbuzarlar va boshqa asoratlar boʻlmaydi. Ammo, bu moddalar jigar funksiyasiga salbiy taʼsir etishi mumkin, oʻt qopida toshlar hosil boʻlishiga olib keladi, koʻz oʻtkirligini pasaytiradi.

Gormonal kontrasetiklarni uzoq vaqt qabul qilish vaginal kandidozlar (molochnitsa) rivojlanishi hamda bachadon boʻyni oʻsmalarini yomon sifatliga aylanib ketishiga sababchi boʻladi (karsinoma). Hayz koʻrish vaqtida ham ajraladigan suyuqlik hajmi koʻpayadi, ammo bu holat gormonal preparatlarni qabul qilishni davom ettirish orqali oʻz holiga qaytadi. Agar prepratlarni qabul qilishni toʻxtatgandan soʻng amenoreya (hayz koʻrishning toʻxtashi) kuzatiladigan boʻlsa, ayol kishi shifokor koʻrigidan oʻtishi va gipofiz bezi bilan bogʻliq muammolarni istisno etishi kerak boʻladi.

Oral kontraseptiklarni qoʻllashga absolyut qarshi koʻrsatma boʻlib jigar, sut bezlari, bachadon va tuxumdon oʻsmalari hisoblanadi. Bundan tashqari ushbu preparatlar ogʻir buyrak-jigar yetishmovchiliklari, gipertonik holatlar, miyada qon aylanishining buzilishi, migren, jinsiy aʼzolardan qon kelishi, semizlik, laktatsiya davrida qoʻllab boʻlmaydi.

Gormonal kontrasetiklarning yutuqlari va qoʻllashga koʻrsatmalar

Oral kontraseptiklarning qulay jihatlari:

  • Yuqori samaradorlik va uning qisqa muddat ichida yuzaga chiqishi;
  • preparatni qabul qilishning soddaligi va xavfsizligi;
  • aloqa vaqtida juftingizga qulaylik yaratilishi;
  • jinsiy aʼzolar va ichaklarda oʻsma kasalliklari rivojlanish xavfi kamayishi;
  • bepushtlik va boshqa ginekologik kasalliklarni davolash effeekti;
  • jinsiy aʼzolarda infeksion kasalliklar kelib chiqishi ehtimoli kamayishi;
  • revmatoid artrit kasalligini ham davolash taʼsiri.

Bu preparatlar har qanday yoshdagi ayolga toʻgʻri keladi. Tugʻruq jarayonidan soʻng 3 hafta oʻtib, preparatni qabul qilish mumkin. Bu preparatlar ayniqsa, jinsiy aʼzolar patologiyalari va gormonal oʻzgarishlar vaqtida qoʻllash ancha yaxshi samara beradi.

Halqa va plastirlar

Qin halqasi hayz koʻrish vaqtining birinchi kunida qinga joylashtiriladi va 3 haftagacha qoldirilishi mumkin. Bu vaqt oʻtgach qayta hayz koʻrish roʻy beradi va kontraseptikning yangisi qoʻyiladi. Halqalardan ham oz miqdorda gormonlar ajralib chiqadi, bu ham homiladorlikdan himoya qilishni yanada ishonchliligini oshiradi. Perl indeksi boʻyicha 0,4 ga teng. Qin halqalari jinsiy hayotga, sport bilan shugʻullanishga xalaqit bermaydi, umuman olganda ayol kishi ham uning jufti ham qinda halqa borligini sezmaydi. Halqalarnng qindan tushib qolishi haligacha qayd etilmagan.

Yevra“ nomli plastir mavjud, plastir teriga yopishtiriladi va hayz sikli belgilanadi va hayz koʻrish vaqtida undan foydalanilmaydi. Teriga yopishtirilgan plastirlar orqali gormonlar qonga soʻriladi. Plastirlar oʻz-oʻzidan koʻchib tushmaydi, suzish bilan shugʻullanganda xalaqit bermaydi hamda quyosh nuridan toblanishda ham hech qanday diskomfort tugʻdirmaydi.

Tabletka koʻrinishidagi kontraseptiklardan plastirlarning ustun jihatlari quyidagilar:

  • Qonga gormonlar belgilangan miqdorda ajralib turishi;
  • jigarga salbiy taʼsiri yoʻqligi;
  • har kuni tabletka qabul qilishga ehtiyoj yoʻqligi.

Oral gestagen kontraseptiklar

Bu kontraseptiklar quyidagi holatlarda buyuriladi:

  • laktatsiya vaqtida;
  • premenopauza vaqtida.

Minipililar servikal kanalda yopishqoqlikni oshiradi va bachadon naylari qisqaruvchanligini pasaytiradi. Ushbu kontraseptiklardan foydalanuvchi ayollarning deyarli yarmida ovulyatsiya jarayoni saqlanib qoladi. Shu sababli bu kontraseptiklarning samaradorlik koʻrsatkichi pastroq, Perl indeksi boʻyicha 0,6-4 ga teng.

Bu preparatlar bachadondan tashqari homiladorlik va tuxumdonlar kistasi oʻtkazgan ayollarda qoʻllashga qarshi koʻrsatma boʻla oladi. Kontraseptiv usulning yutuqlari laktatsiya davrida qoʻllash imkoni borligidir. Kamchligi esa samarasining kamligi va metrorragiya kelib chiqish ehtimoli borligi.

Inyeksion kontraseptiklar va implantatlar

Bu usul uzoq vaqt davomida homiladorlikni rejalashtirmaydigan ayollar uchun mos keladi. Preparat mushak orasiga 1 marotaba yuboriladi, uning samarasi Perl indeksi boʻyicha 1,2 deb baholanadi.

Inyeksion kontraseptiklar
Twitter

Inyeksion preparatlarning yutuqlari

  • Ancha yuqori samaradorlikka ega ekanligi;
  • uzoq muddat taʼsir etishi;
  • ayol organizmi tomonidan yaxshi qabul qilinishi;
  • har kuni qabul qilish shart emasligi;
  • prepratni bachadon miomasiadenomioz va esterogen saqlovchi boshqa preparatlarga qarshi koʻrsatma boʻlganda ham qoʻllash mumkinligi.

Inyeksion prepratlarning kamchiliklari

  • Homilador boʻlish qobiliyati prepratni inyeksiya qilish toʻxtatilgandan soʻng 6 oy – 2 yil ichida qayta tiklanishi;
  • bachadondandan qon ketishga moyillik oshishi.

Bu usul faqatgina uzoq muddat homilador boʻlishni rejalashtirmayotgan ayollar uchun tavsiya etiladi, masalan emizikli vaqtda, esterogen preparatlarga qarshi koʻrsatmalar boʻlganda, hamda tabletka koʻrinishidagi gormonal prepratlarni har kuni qabul qilishni xohlamaydigan ayollar uchun juda qulay.

Norplant nomli implantat preprat 6 kichik kapsuladan iborat. Uni teri ostiga mahalliy ogʻriqsizlantirish yoʻli bilan joylashtiriladi, prepratning samarasi birinchi kundanoq boshlanadi va 5 yilgacha davom etadi. Perl indeksi boʻyicha 0,2-1,6 ga teng.

Barer kontrasepsiya usullari

Barer kontrasepsiya usullarining eng afzal jihatlaridan biri jinsiy yoʻllar orqali yuqadigan kasalliklardan himoya qilishidir. Shu sababli bu usul juda keng tarqalgan. Ikki xil turi farqlanadi: kimyoviy va mexanik.

Kimyoviy usul

Spermitsidlar – spermatozoidlarni oʻldiruvchi moddalar. Ularning samaralalik darajasi Perl indeksi boʻyicha 6-20 ni tashkil etadi. Bu moddalar qin shamchalari, tabletkalari, krem va gellar koʻrinishida chiqariladi. Qattiq shakldagi kontraseptiklar (shamchalar, tabletka va plenkalar) jinsiy aloqaga kirishdan 20 daqiqa oldin qinga joylashtiriladi. Krem va gel koʻrinishidagi moddalar esa qinga surilishi bilanoq taʼsir effektini boshlaydi.

Eng koʻp tarqalgan vosita – farmateks va Patenteks Ovaldir. Spermitsidlar nafaqat spermalarni oʻldiruvchi xususiyatga ega, ular bakterosid taʼsirga ham ega, yaʼni jinsiy yoʻl bilan yuquvchi infeksiyalarni ham oʻldiradi. Ammo, bu vositalar qin devori oʻtkazuvchanligini oshiradi va OIV-infeksiyasi yuqish ehtimoli yuqori boʻladi.

Kimyoviy kontraseptik vositalarning yutuqlariga qisqa muddat ichida taʼsir etishni boshlashi, ayol organizmi tomonidan yaxshi qabul qilinishi hamda jinsiy yoʻl bilan yuquvchi kasalliklardan himoya qilishidir. Kamchiliklar esa allergik reaksiyalar paydo boʻlishi (achishish, qichishish, toshmalar) dir.

Mexanik usul

Mexanik kontraseptiklar spermatozoidlarning bachadon boʻshligʻiga oʻtishda mexanik toʻsqinlik qiladi. Bu vositalardan eng koʻp tarqalgani prezervativlardir. Prezervativlar erkaklar va ayollar uchun maxsus ishlab chiqariladi. Erkaklar prezervativi ereksiya vaqtida olatga joylashtiriladi, ayollar prezervativi esa ikki halqadan iborat boʻlib ular oʻzaro lateks plenka bilan tutashgan boʻladi, halqalardan biri bachadon boʻyniga joylashtirilsa, ikkinchisi esa qindan tashqarida qoladi.

Perl indeksi boʻyicha prezervativlarning samaradorlik koʻrsatkichi 4 dan 20 gacha deb baholanadi. Ularning samaradorligini oshirish uchun toʻgʻri foydalanish kerak: ishqalanish kuchini kamaytirish uchun moylardan foydalanmaslik, bir prezervativni qayta qoʻllamaslik, uzoq vaqt davom etuvchi jinsiy aloqa vaqtida prezervativdan foydalanmaslik, hamda kontraseptikning yaroqlik muddati va saqlanish sharoitiga eʼtibor qaratish kerak.

Prezervativlar jinsiy yoʻllar bilan yuqadigan kasalliklardan yaxshi himoya qiladi, ammo sifilis (zahm) va bir qator virusli kasalliklar yuqish xavfi bor (teri kontakti orqali).

Homiladorlik rejalashtirishda qaysi kontraseptiv usuldan foydalangan afzal?

Bunday vaziyatda kombinatsiyalangan usuldan foydalanish tavsiya etiladi – gormonal preparatlar qabul qilish va prezervativlarni qoʻllash.

Qin diafragmasi va qalpoqchasi xalq orasida keng tarqalmagan. Bu vositalar bachadon boʻyinchasiga joylashtiriladi va jinsiy aloqadan soʻng 6 soat oʻtib olib tashlanadi. Ularni yuvib, quritib va toza holda saqlab qayta qoʻllasa ham boʻladi. Ularni qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar bor, masalan bachadon boʻyni deformatsiyasi, qin va jinsiy aʼzolar yalligʻlanish kasalliklari. Ularning yutuqlari takroriy qoʻllash imkoni borligi hamda arzonligidir.

Mexanik kontrasepsiyaning yutuqlari

  • Xavfsizligi;
  • tanosil kasalliklaridan himoya qilishi.

Kamchiliklari esa: notoʻgʻri qoʻllaganda samarasining boʻlmasligi.

Homiladorlikdan saqalanishning tabiiy usuli

homiladorlikdan tabiiy saqlanish usullari
iStock

Tabiiy usul shundan iboratki – ovulyatsiya kunlari yaqinlashgan vaqtda jinsiy aloqaga kirishmaslikdir. Bunda Perl indeksi boʻyicha samaradorlik 40 ga teng boʻladi. Tuxum hujayraning urugʻlanish ehtimoli yuqori boʻlgan kunlarni quyidagi usullar yordamida aniqlab olish mumkin:

  • Kalendar usuli;
  • toʻgʻri ichakda haroratni oʻlchash;
  • bachadon shilligʻini tekshirish;
  • simptotermal usul.

Kalendar usulidagi kontrasepsiya

Faqatgina normal hayz sikliga ega boʻlgan ayollarda qoʻllaniladi. Ovulyatsiya jarayoni hayz siklining 12-16 kunlariga toʻgʻri keladi, bunda hayz sikli 28 kunni tashkil etishi kerak. Spermatozoidlar 4 kun yashaydi, tuxum hujayra esa 1 sutka. Shu sababli “xavfli“ kunlar 8 kundan 17 kungacha boʻlgan muddatni tashkil etadi. Bu vaqtda kontrasepsiyaning boshqa usullaridan foydalanilgan maʼqul.

Toʻgʻri ichakda haroratni oʻlchash

Toʻgʻri ichakda haroratni oʻlchash usulida ovulyatsiya vaqtida shu sohadagi harorat oʻlchanadi va qayd etib qoʻyiladi. Keyingi hayz siklida haroratga asoslanib jinsiy aloqaga kirish mumkin, yaʼni harorat oʻzgargach 3 kun oʻtib jinsiy aloqaga kirishish “xavfsiz“ boʻladi. Bu usuldan juda kam ayollar foydalanadilar.

Bachadon shilligʻi va simptotermal usuldan foydalanish ayol kishidan eʼtiborlilikni talab etadi va ayol oʻz organizmida kechayotgan jarayonlarni oʻzi his qilishi kerak boʻladi.

Jinsiy aloqa vaqtida toʻxtash

Oddiy, oson, ammo kam samarali usul. Perl indeksi boʻyicha 25 deb baholanadi. Homiladorlik qinga predeyakulat tushishi natijasida roʻy berishi mumkin. Erkak kishi uchun bu usul biroz noqulay va keyinchalik prostatit rivojlanish xavfi ham yuqori.

Biologik usulda homiladorlikdan himoyalanish boshqa kontraseptiklarni qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar boʻlgan holatda, hamda oilada moddiy yetishmovchliklar boʻlganda qoʻllaniladi.

Sterillash

Jarrohlik yoʻli bilan olib boriladigan kontrasepsiya usuli har ikki jins vakillarida ham qoʻllanilishi mumkin. Ayollarda bachadon naylarini bogʻlash amaliyoti oʻtkaziladi va tuxum hujayra bachadon boʻshligʻiga oʻta olmaydi. Erkaklarda esa urugʻ kanalchasi bogʻlanadi va spermatozoidlar eyakulat bilan birgalikda toʻkilmaydi. Bu usul Perl indeksi boʻyicha 0-0,2 ga teng va eng ishonarli usullardan hisoblanadi. Homiladorlik bachadon naylarining qayta tiklanishi natijasida kuzatilishi mumkin. Bu usul qaytmas hisoblanadi, shu sababli jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishidan oldin ayol va erkak kishiga tushuntirish ishlari olib boriladi. Agarda jarrohlik amaliyoti oʻtkazgach juftlar yana farzand koʻrishni istab qolsalar, faqatgina bachadondan tashqari homiladorlik usuli (EKO) yordamida amalga oshirish mumkin.

Agar ayol kishida ogʻir jinsiy yoʻllar kasalliklari boʻlsa va ular farzand koʻrishga qarshi koʻrsatma boʻla olsa sterillash usuli har qanday yoshda oʻtkazilishi mumkin. Agar bunday holatlar kuzatilmasa, odatda 35 yoshdan katta ayollar va kamida 2 ta farzandga ega boʻlganlarda oʻtkaziladi. Jarrohlik amaliyoti laproskopik usulda olib boriladi va bunga 10-20 daqiqa sarflanishi mumkin. Mundan tashqari ayol roziligi olingan holda boshqa operativ amaliyoti oʻtkazilayotgan vaqtda ham bachadon naylarini bogʻlash mumkin.

Shoshilinch kontrasepsiya

Shoshilinch kontrasepsiya himoyalanmagan va ayol xohlamagan holatda homilador boʻlgan holatlarda oʻtkaziladi (prezervativ yirtilib ketgan vaqtda, zoʻrlashda va kam uchraydigan jinsiy aloqalarda).

Shoshilinch kontrasepsiya usullari quyidagilar:

  • Bachadon ichi kontraseptiklarni jinsiy aloqadan soʻng 5 kun ichida qoʻyish;
  • Yuzpe usuli (oral kontraseptiv vositalarini noodatiy holda qabul qilish).

Perl indeksi boʻyicha 2-3 deb baholanadi. bu usullar asoratlanishi ham mumkin: bachadondan qon ketish, koʻngil aynishi, qayt qilish va boshqalar. Agar homiladorlik roʻy bersa, homiladorlikni toʻxtatish kerak boʻladi, chunki shoshilinch ravishda qabul qilingan preparatlar homilaga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Tugʻruqdan keyingi kontrasepsiya usullari

Ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Laktatsion amenoreya usuli: tugʻruqdan keyin 6 oy davomida sutkada 6 marta emizish, emizish vaqti oraligʻi 6 soatdan oshmasligi, hayz koʻrish kuzatilmaganda homilador boʻlish ehtimoli juda past boʻladi;
  • sterillash;
  • gestagen preparatlarni (minipili) laktatsiya davrida ham qoʻllash mumkin;
  • tugʻruqdan soʻng 1,5 oy oʻtib Nrplent qoʻllash;
  • prezervativlardan foydalanish;
  • laktatsiya jarayoni boʻlmasa, oral kontraseptiklarini 21-kundan boshlab qabul qilish va bachadon ichi spiralini 5-haftada qoʻyish.

Kontraseptik vositalarni tanlashdan avval ginekolog bilan maslahatlashish lozim, faqatgina shifokor qulay va hamyonbop boʻlgan kontrasepsiya usulini tanlashda yordam bera oladi. Salomat boʻling!


Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.

Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.

Hoziroq bepul yuklab oling

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x