TURBOGENERATOR

TURBOGENERATORbugʻ yoki gaz turbinasi bilan xarakatga keltiriladigan elektr energiya generatori; issiqlik elektr styasining turbinasi valiga bevosita biriyuiriladigan sinxron generator. T. gorizontal vaziyatda ishlaydigan elektr mashina. Uning uygʻotish chulgʻami rotoryaa, 3 fazali ish chulgʻami esa cmamopua joylashgan. Uygʻotish chulgʻami elektr mashinalar uygʻotkichi chulgʻamidan tok bilan taʼminlanadi. Stator korpus (tana) va chulgʻamlar joylashtiriladigan oʻyiklari bor oʻzakdan iborat. Oʻzak elektrotexnika poʻlati listlaridan yigʻilgan bir necha paketdan tayyorlanadi. Oʻzak payvandlab tayyorlangan poʻlat korpusga joylashtiriladi. Turbogenerator havo yoki vodorod bilan sovitiladi. Yirik Turbogenerator larda aralash sovitish tizimi qoʻllanadi. Mac, stator va rotor chulgʻamlari suv bilan, stator oʻzagi esa vodorod bilan sovitiladi. Atom elektr styalarida ikki juft qutbli rotordan foydalaniladi (q. Generator).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x