SYURIX UNIVERSITETI

SYURIX UNIVERSITETI — Shveysariyadagi yirik un-t. Shveysariyalik cherkov islohotchisi va siyosiy arbob U Svingli asos solgan (1523) maktab negizida 1833-y. tashkil etilgan. Teologiya, huquq, iqtisodiyot, tibbiyot, sanʼat, tarix, arxeologiya, falsafa, adabiyot, lingvistika, ped. va psixologiya, astronomiya, biol., genetika, geol., fizika, geogr., kimyo, mat. va b. ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Botanika bogʻi muzeyi (1836), zool. (1837) va paleontologiya (1956) muzeylari, ilmiy kutubxonasi (1,5 mln. dan or-tiq asar) bor. 19 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x