TURKISTON XALQ KONSERVATORIYASI

TURKISTON XALQ KONSERVATORIYASI — Oʻrta Osiyoda birinchi musiqa oʻquv yurti. 1918-y. Toshkentdagi Turkiston xalq universiteti qoshida tashkil topgan (tashkilotchisi Ye. Chernyavskiy, direktor V. Karelin). Fortepiano, skripka, xonandalik kabi ixtisosliklar boʻyicha boshlangʻich taʼlim berilgan. 1919-y. uning Eski shahar boʻlimi ochilgan (V. Uspenskiy). Faoliyati yoshlarga musiqa oʻrgatish bilan birga konsertijrochilik, targʻibot ishlari bilan bogʻliqboʻlgan. Turkiston xalq konservatoriyasiga oʻxshash keyinchalik Buxoro, Samarkand, Fargʻona xalq konservatoriyalari ochilgan. Bular negizida 1920-y. lar oʻrtasida musiqa bilim yurtlari tashkil topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x