TULA VILOYATI

TULA VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat, Rossiya Yevropa qismining markazida joylashgan. Mayd. 25,7 ming km2. Aholisi 1675,7 ming kishi (2002), asosan, ruslar (95,4%), shuningdek, ukrain, belorus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 81,4%. Tarkibida 23 maʼmuriy tuman, 21 shaxar va 49 shaharcha bor. Markazi — Tula sh. Boshqa yirik shaharlari — Novomoskovsk, Uzlovaya.

Tula viloyati Oʻrta Rossiya kirlarining (bal. 293 m gacha) shim. da joylashgan. Yer yuzasi qiya toʻlqinsimon tekislik. Qoʻngʻir kumir, temir ruda, oltingugurt kolchedani, gips, tosh tuzi, fosforitlar, qurilish materiallari konlari mavjud; mineral buloqlar bor.

Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi — 10°, iyulniki 19°. Yiliga 500 mm gacha yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 180—190 kun. Daryolarining koʻp qismi Oka havzasiga (Zusha, Ista, Upa, Cherepet, Osyotr va b.) mansub. Don daryosining yuqori oqimi viloyat hududidan oʻtadi. Tula viloyati keng bargli oʻrmon va oʻrmondasht zonasida joylashgan. Tuproqlari shim. gʻarbida chimlipodzol, markaziy qismida boʻz oʻrmon, jan. da aynigan qoratuproqlar. Oʻrmonlari (asosan, dub, qaragʻay) hududining yarmiga yaqinini egallaydi. Shim. da 20%, janubdagi 70% gacha yerlari haydaladi. Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (T. v. da Rossiya koʻprik kranlarining 37%, hamda sanoat jihozlari, qishloq xoʻjaligi. mashinalari, mudofaa maxsuloti, mototsikl va motorollerlar va b. ishlab chiqariladi), elektroenergetika, kimyo (mineral oʻgʻitlar, sintetik kauchuk, kimyo tolasi), kora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoatlari; qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qoʻngʻir kumir qazib olinadi («Tulaugol» ishlab chiqarish. birlashmasi). 3 issiqlik elektr styasi ishlab turibdi.

Xalq badiiy hunarmandchiligi: badiiy toʻr toʻqish (Belev sh.) va loydan naqshinkor oʻyinchoqlar yasash (Filimonovo qishlogʻi) rivojlangan.

Yirik korxonalari: «Kombaynoviy zavod», «Tulamashzavod», «Kran» (Uzlovaya), «Azot» (Novomoskovsk), «Ximvolokno» (Shchyokino), «Tulachermet» aksiyadorlik jamiyatlari, «Shtamp» mashinasozlik zdi, patron zdi (Tula), sintetik kauchuk zdi (Yefremov). Asosiy sanoat markazlari — Tula, Novomoskovsk, Shchyokino, Uzlovaya, Yefremov, Donskoy sh. lari.

Q. x. gʻallachilikchorvachilik yoʻnalishda. Sutgoʻsht chorvachiligi, parrandachilik, choʻchqachilik rivojlangan. Gʻalla (bugʻdoy, grechixa, javdar) ekiladi, shuningdek, ozuqa ekinlari, qand lavlagi, kartoshka yetishtiriladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik ham rivojlangan. Tula viloyati uzunligi 1103 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 5076 km. Viloyat hududida avtomobil yoʻllari zich. Oka daryosida kema qatnaydi (Aleksin sh. dan). Viloyatda 49 sanatoriykurort muassasalari bor. Krainka balneobalchiq kurorti mashhur. Tula viloyatida Polenovo va Yasnaya Polyana muzey-usadbalari faoliyat koʻrsatadi. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), 7 muzey, 4 teatr ishlab turibdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x